Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Bo‘limning maqsadi
1. Qonning kislorod tashishi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar sababini
tushunish maqsadida qon tarkibidagi gemoglobin unumlarini topish usullari bilan
tanishtirish.
2. Kelajakda kasalliklarni aniqlash maqsadida qonni biokimyoviy analiz qila
olish uchun qon tarkibidagi mahsulotlarning miqdorini o‘lchash usullari bilan
tanishtirish.
3. Qon tarkibidagi ayrim fermentlar faolligini o‘lchash usullarini o‘rganish va
undan kelajakda kasalliklarni aniqlash va uni davolash foydalana olish.
4. Ayrim kasalliklarni kelib chiqish sabablarini tushunish maqsadida qonning
mineral tarkibini o‘rganish usullari bilan tanishtirish.
1. QONNING OQSILLI VA OQSILSIZ QISMLARI TARKIBINI ANIQLASH
Qonning oqsil bo‘lmagan qismi azot tutuvchi va azotsiz moddalarga bo‘linadi.
Azotsiz moddalarga glyukoza, yog‘lar, yog‘ kislotalarining almanishinuv
mahsulotlari, pirouzum va sut kislotalari kiradi.
Azot tutuvchi moddalarga esa azot qodoqlarining fraksiyalari (oddiy va
murakkab oqsillar almanishinuvining oraliq va oxirgi mahsulotlari, siydikchil, siydik
kislota, kreatin, ammiak, indikan, bilirubin, polipeptidlar, aminokislotalar va hokazo
kiradi. Ushbu moddalarning azoti azot qoldiqlari deyiladi, chunki ular oqsil
cho‘ktirilgan filtrda qoladi. Shuningdek, qon tarkibida makro va mikroelementlar
ham bo‘ladi.
121- ish. QON GEMOGLABININI ANIQLASH


160
Qonga rang beruvchi tanacha - eritrotsitkarning oqsilli gemoglobindir.
Gemoglobin murakkab oqsillar - xromoproteidlar vakili hisoblanadi. U globin oqsili
va oqsil bo‘lmagan qism - gemdan iborat.
Yangi tug‘ilgan bolalar qonidagi gemoglobin miqdori kattalarnikiga nisbatan
birmuncha yuqoriroq (170-180 g/l) bo‘ladi. Yashash davrining birinchi soatlarida bu
ko‘rsatgich 200-250 g/l gacha ortadi. Hayotning 2-3 kunidan boshlab esa
gemoglobinning miqdori sekin pasaya borodi va birinchi oyning oxiriga kelib kattalar
qonining gemoglobini bilan tenglashadi (160 g/l). Gemoglobin miqdori pasayishi
go‘dak bir yoshga yetguncha davom etadi va bu ko‘rsatgich 105-110 g/l ga yetadi.
Ikki yoshdan boshlab bu ko‘rsatgich yanada orta boradi va voyaga yetish davrida
kattalar gemoglobiniga o‘xshash bo‘ladi.
Odamning gemoglobimi faqat miqdor o‘zgarishi bilan farqlanib qolmay, balki
sifati bilan ham farqlanadi. Homila rivojlanishining 7 va 14-haftalarida embrion
qonida juda oddiy - primitiv gemoglobin topiladi, u 2 ta fraksiyadan tuzilgan bo‘lib,
tezda homila gemoglobini (fetal gemoglobin) bilan almashinadi. Bu gemoglobin
odatda tug‘lish davriga kelib yo‘qoladi. Fetal Hb homilaning 3-oyida rifojlanadi va
tug‘lish davriga kelib uning miqdori barcha gemoglobinning 80-90% ini tashkil
qiladi.
Bola rivojlanishining birinchi yilida fetal Hb keskin kamayadi va u bir yoshga
yetganda 1-4% ni tashkil qiladi. Kattlar gemoglobiniesa homilaning dastlabki
taraqqiyoti davrida paydo bo‘ladi va keyinchalik asosiy gemoglabin bo‘lib qoladi.
Kattalar va homila gemoglabini miqdorining turli davrlardagi o‘zgarishi
quydagi jadvalda berilgan.
68-jadval
Kattalal va homila gemoglabini miqdorining turli yoshdagi o‘zrarishi
Bolining yoshi
Homila Hb
Kattalar Eb
A
2
gemoglobin
Yangi tug‘ilgan bolada
1-7 kunlik
8-21 kunlik
22-30 kunlik
1-2 oylik
2-3 oylik
3-5 oylik
6-9 oylik
9-12 oylik
1-3 yoshda
3-7 yoshda
7-14 yoshda
75,0
71,0
65,0
60,0
56,1
38,3
22,5
9,1
4,3
1,6
0,8
0,7
25,0
29,0
34,6
40,0
43,4
60,9
75,3
88,2
92,8
94,9
94,9
94,9
0,00
0,00
0,00
0,00
0,50
0,80
2,20
2,7
2,9
3,5
4,3
4,4
Kattallar va homila gemoglobini tuzilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Kattalar
gemoglobini 2 alfa, 2 betta polipeptid zanjiridan iborat, homila gemoglobini esa 2
alfa, 2 gamma zanjiridan tashkil topgan. Ushbu gemoglobinlar eruvchanligi bilan
farqlanadi. Bu ularning faoliyatida ahamiyatga ega. Ko‘pincha bolalar kasalligida
gemoglobin biosintezi buzilishi kuzatiladi. Bunday o‘zgarish, gemoglobin


161
komponentlari muvozanatining o‘zagarishi ko‘pincha homila gemoglobining ortishi
(yoki embrional gemoglobin sintezi tomonga so‘rilishi) ga olib keladi. Butunlay
o‘zgargan anomal - gomotetramer gemoglabin (betta) va Barta gemoglobini
(gamma
4
) bo‘lishi mumkin.
69-jadval
Karboksigemoglobin va metgemoglobin miqdorining yoshga qarab o‘zgarishi (umumiy
gemoglobinga nisbatan protsent hisobida)
Bolaning yoshi
Karboksigemoglibin
Metgemoglobin
Yangi tug‘ilgan bolada
1-7 kunlik
8-21 kunlik
1-3 oylik
3-6 oylik
1-3 yoshda
3-7 yoshda
7-14 yoshda
1,50
1,65
1,60
1,50
1,38
1,27
1,21
1,17
6,22
2,93
2,86
2,21
1,47
1,13
1,10
1,08
Gemoglobin unumlari (met Hb, Hb - CO
2
) bolaning yoshiga qarab turlicha
bo‘lishi mumkin.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling