Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

122-ish. BENZINDIN REAKSIYASI
Reaksiyaning asoslanishi. Qon gemoglobini vodorod periosidni suv va atomar
kislorodgacha parchalash xossasiga ega. Atomar kislorod esa oksidlovchidir. Shu
kislorod ta’sirida benzidin oksidlanadi va ko‘kimtir-yashil tusga kiradi.
Tekshiriluvchi material: fibrindan tozalangan va suvda suyultirilgan qon.
Reaktivlar: konsenrlangan sirka kislotada yangi tayyorlangan bezidinning 5 % li eritmasi, vodorod
peroksidning 3 % li eritmasi.
Kerakli anjomlar: shtativ va probirkalar, tomizg‘ichlar.
Bajariladigan ish tartibi. Probirkaga fibrindan tozalangan va suyultirilgan
qon, benzidin eritmasi va H
2
O
2
dan 5 tomchi solinadi. Suyuqlikning ko‘kimtir-yashil
tusga kirishi kuzatiladi.
123- ish. GVOYAK REAKSIYASI
Reaksiyaning asoslanishi. Vodorod peroksid qon gemoglobini (katalazasi)
ta’sirida suv va atomar kislorodgacha parchalanadi. Kislorod esa Gvoyak mumini
ozonidgacha oksidlaydi. Natijada ko‘kimtir rang hosil bo‘ladi. Ushbu usul qon
1:10000 suyultirilgan ham juda sezgir. Shifoxonalarda, adliya tabbiyotida shu
usuldan foydalanish juda qulaylik tug‘diradi.
Tekshiriluvchi material: fibrindan tozalangan va suvda suyultirilgan qon.
Reaktivlar. gvoyak mum kislotasining spirtli eritmasi (1-2 gvoyak mumi 100 ml 95 % li etil spirtda


162
suyultiriladi), H
2
O
2
ning 3% li eritmasi.
Kerakli anjomlar: shtativ va probirkalar, tomizg‘ichlar.
Bajariladigan ish tartibi. Probirkadagi fibrindan tozalangan va suyultirilgan
bir tomchi qonga 5 ml suv solib aralashtiriladi. Uning ustiga bir ml Gvoyak muminig
spirtdagi eritmasi va bir tomchi vodorod peroksidning 3% li eritmasi solinadi. Paydo
bo‘lgan ko‘kimtir rang Gvoyak mumi ozonidi hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling