Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

2. QON PLAZMASI OQSILLARI
9-10% qondagi quruq plazmaniing 6,5-8,5 % i oqsillarga to‘g‘ri keladi. Qon
plazmasi oqsillarini 3 guruhga bo‘lish mumkun: albuminlar, globulinlar, fibrinogen.
Qon plazmasida albuminlar 20-30 g/l, fibrinogen 2-4 g/l ni tashkil qiladi. Yangi
tug‘ilganlarda bu ko‘rsatkich kattalarnikidan pastroq. Bola hayotining birinchi oyida
oqsil miqdori yanada kamayadi (45-55 g/l gacha) keyinchalik esa sekin-asta ko‘tarila
boshlaydi va 7 yoshdan o‘tganda kattalar oqsili bilan tenglashadi.
Qon plazmasining oqsillari ko‘proq jigarda va retikuloendotelial sistemada
sintezlanadi. Qon plazmasi oqsillarning fiziolgik ahamiyati juda katta.
1. Oqsillar qon yopishqoqligini ta’minlaydi, qonning yopishqoqligi
eritrotsitlarni bir me’yorida taqsimlanishi, leykotsitlarning harakatlanishi, qonning
qon tomirlari bo‘ylab oqishini va kapillyar devorlaridan o‘tishini bir me’yorga solib
turadi.
2. Oqsillar, gidrofil, kolloid bo‘lganligi uchun ma’lum miqdordagi suvmi
bog‘lab, qon oqimida ularni saqlab turadi. Shu xossasiga ko‘ra oqsil kolloid - osmotik
(onkotik) bosimni sozlab turadi va qon hajmini o‘zgartirmaydi. Bu jihatdan ayniqsa
albuminlarning ahamiyati katta.
3. Oqsillar turli moddalarni (ionlar, yog‘lar, pigmentlar, vitaminlar, gormonlar,
dorilar va hokazo) tashishda ishtirok etadi. Ular shu moddalar bilan qaytar kompleks
hosil qilib, ularni to‘qimalarga yetkazadi. Bu jarayonni boshqarishda albuminlarni
ahamiyati katta. Ammo plazmada shunday oqsillar borki, ular faqat tanlangan
birikmalarni tashiy oladi.
Masalan, transferin - temir tashuvshi, seruloplazmin - mis tashuvchu,


166
gaptoglobulinlar faqat gemoglobinlar bilan birikadi.
4. Pazma oqsillar oqsil bufer sistemalarini hosil qilib qonning doiymiy
muhyitini saqlashda ishtiroq etadi.
5. Ionlar bilan nisbiy bog‘lanib, qondagi kationlar doimiyligini ushlaydi, temir,
mis, magninyni ko‘p qismi va 40-50 % qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langan.
6. Plazmaning ayrim oqsillari - (fibrinogen, protrombin va boshqalar) qon
ivishida qatnashadi va (immunoglobulinlar) ni tashiydi shu bilan u himoya vazifasini
bajaradi.
7. Oqsillar aminokislota rezervlari bo‘lib hisoblanadi.
73-jadval
Turli yoshdagi bolalarning qon plazma oqisillari
Yosh
Oqsil miqdori
g%
g/l
Yangi tug‘ilganlarda
Chala tug‘ilganlarda
1 oylik
2 oylik
6 oylik
1 yoshda
3-4 yoshda
7 yoshda
12 yoshda
5,6 (4,7-6,5)
5,1 (4,4-5,8)
4,8 (4,1-5,5)
5,3 (4,7-5,9)
6,1 (6,4-6,8)
6,5 (5,7-7,3)
6,9 (5,9-7,9)
7,0 (6,2-7,8)
7,4 (6,8-8,0)
56,0
51,0
48,0
53,0
61,0
65,0
69,0
70,0
74,0
Oqsillar ishqoriy muhitda o‘tkizilgan qog‘oz elektroforezda 5 fraksiyaga
bo‘linadi: albuminlar, alfa, alfa
1
, betta va gamma globulinlar. Bu fraksiyalarning
nisbati rivojnanish jarayonida o‘zgaradi.
Yangi tug‘ilgan bolalar qon plazmasigamma globulinlarning yuqori miqdori
bilan ifodalanadi. Keyinchalik bu miqdor pasaya boradi va bola 3 yoshga yetganda
kattalar gamma globulini bilan tenglashadi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan bolalarda
fibrinogen oqsili kattalarnikiga nisbatan past bo‘lib, bola bir oylik bo‘lganda u
me’yoridan 2,0 -4,0 g/l ga yetadi.
Ayrim oqsillar - gaptoglobulinlar yangi tug‘ilgan bolalar qonida odatda
uchramaydi. U bola bir oylikka yetganda paydo bo‘ladiva 6 oyga yetganda
kattalarnikiga o‘xshash bo‘ladi, 6 oydan oshganda 100-120 mg% ga yetadi.
74-jadval
Yosh
Albumin
Globulinlar
α
1
α
2
β
γ
Yangi tug‘ilganlarda
3 oygacha
6 oygacha
9 oygacha
1 yoshgacha
1,5 yoshgacha
65,6
61,5
62,7
60,7
62,1
62,4
5,2
6,1
5,5
5,7
5,3
5,2
7,1
11,5
11,9
11,9
11,5
11,8
7,5
10,3
9,8
10,9
10,2
10,1
14,6
10,6
10,2
10,8
10,9
10,7


167
3 yoshgacha
6 yoshgacha
7 yoshdan 14 yoshgacha
62,4
61,9
63,3
5,2
5,0
5,6
10,8
8,9
6,7
9,5
9,9
9,4
12,3
14,3
15,1
Bolalarning ayrim kasalliklarida oqsilning ko‘payihsi (giperproteinemiya) yoki
kamayishi (gipoproteinemiya) kuzatiladi. Giperproteinemiya ko‘pincha bolalarni
noto‘g‘ri ovqatlantirilganda, suyuqlikni kam ichganida, ich ketganida va boshqalar
natijasid yuzaga keladi.
Qon plazmasi fraksiyalarinig birmuncha o‘zgarishi, anomal oqsillarning paydo
bo‘lishi paraproteinemiya deyiladi. Paraproteinemiya mieloma kasalligida kuzatilib,
bunda bitta yoki bir nechta gloulin fraksiyalari keskin oshadi.
Umumiy oqsil miqdori 100-160 g/l ga yetadi. Patologik makroglobulinlar
Valdenshtrem kasalligida uchraydi. Ayrim holatlarda yosh bolalar plazmasida
oqsillarning kamayishi yoki butunlay bo‘lmasligi kuzatiladi. Oqsil fraksiyalaridan
birining juda kamayishi defektoroteinemiya deb ataladi. Bularga analbunemiya,
afibrinogenemiya, agamma- va gipogammaglobulinemiya kiradi.
Gipoproteinemiya – oqsil moqdorning kamayishi byrak kasalligi - nefrit, hafli
o‘smalar, alimentlar distrofiyalarda kuzatiladi.
Revmotizmning surunkali bosqichida alfa, bettaglobulinlar miqdori ortadi.
Yuqimli kasalliklarda gammaglobulinlarning ortganligi, jigar sirrozida albuminlar
miqdorining keskin pasayishi va gammaglobulinlar ortganligi, buyrak kasalliklarda 9
nefrit, yog‘li nefromlarda, homiladorlik toksikozi va oshqalarda) albuming
fraksiyalarining ko‘payishi kuzatiladi. Yuqoridagi turli patologik holatlarda qon
plazmasi oqsil fraksiuyalrning o‘zgarish darajasi va xususiyatini o‘rganish
kasalliklarini aniqlashda katta ahamiyatga ega.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling