Nafas olish funksiyalari buzilishiniig asosiy belgilari va yordam
ko’rsatish
Burundan nafas olishning qiyinlashuvi.
O’tkir nafas infeksiyalarida burundan nafas olish qiyinlashishi, burun yo’llari
bekilishi, ko’p miqdorda shilimshiq ajralishi yoki burun bo’shlig’i quruqligi,
aksirish bilan kechadi. Burun bo’shlig’ini parvarish qilish oddiy bo’lib, ko’p
hollarda muolajalarni bemor mustaqil bajara oladi. Agar bemor muolajalarni
mustaqil ravishda bajarishga qodir bo’lmasa, ushbu muolajalarni maxsus
tayyorgarlikdan o’tgan qarindoshi yoki hamshira amalga oshiradi. Nafas olish
a’zolarining infeksiyalarida shilliqqavat shishi natijasida burundan nafas olish
buziladi. Burun bo’shlig’ining surunkali yallig’lanish kasalliklari shilliq qavatning
o’sib ketishi va bo’rtishiga, burun orqali havo o’tishini qiyinlashtiruvchi
adenoidlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Agar bemor faol bo’lsa, burun yo’llarining o’tuvchanligini ozgina vaqtga
tiklaydigan uzoq bo’lmagan nafasni ushlab turish mashqlarini tavsiya qilish
mumkin.
Burunning surunkali bekilib qolishi bosh suyagining havo olib keluvchi
bo’shliqlari yallig’langanda kuzatiladi. Ko’pincha burun bo’shlig’i bilan bog’langan
yuqori jag’ (gaymor) va peshona bo’shliqdari ta’sirlanadi.
Burundan doimo suv oqishi, surunkali bosh og’riqlar, kasallikning tez-tez
zo’rayishi, bo’shliqlarda yallig’lanish jarayoni borligidan darak beradi. Yuz
paypaslab ko’rilganda, rasmda ko’rsatilgan og’riq nuqtalari aniqlanadi.
Birinchi yordam ko’rsatilayotganda bo’shliqlardan yetarli darajada shilimshiq
oqib ketishi (shifokor tomonidan tayinlangan maxsus tomchilarning burunga
ishlatilishi), burun bo’shlig’ini shilimshiq yoki yiringdan tozalashni ta’minlash
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |