Muolaja. Burun bo’shlig’ni yuvish
Po’stloqlar ko’p va shilliq qavat quruq bo’lganda, burunni nam usul bilan
tozalash lozim. Yuvish uchun suv yoki sust dezinfekasiyalovchi eritmalar (furasilin,
borat kislota) ishlatiladi; foydalanishdan avval uni tana haroratigacha isitish zarur.
Eritma burun bo’shlig’iga pulverizator yordamida purkaladi, burun bo’shlig’iga oz
miqdordagi suyuqlikni quyish mumkin. Quyilgan suyuklik og’iz orqali to’kiladi va
bemorning qo’lidagi lotokka yig’iladi. Burunni yuvib bo’lgandan so’ng, bemor
burunning bir tomonini yopib, burunni qoqishi lozim; burunni ikki tomondan bir
vaqtning o’zida qoqish mumkin emas, chunki infeksiya burundan eshitish nayi
orqali o’rta quloqda tushishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |