Tibbiyot kasbiga kirish
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
терапия
Ogohlantirish:
moyli tomchilar tomizilganda dorivor modda kekirdakning orqa devori orqali oqib tushadi. Muolaja. Dori vositasini burun orqali ingalyatsiya qilish Tayyorgarlik: dorivor moddaning nomlanishi shifokorning ko’rsatmasiga mosligini tekshiring, bemorning burun yo’llarini shilimshiq va po’stloqdan tozalang. Bajarilishi: 1. O’zini tutish qoidalarini, muolajaning borishini bemorga tushuntiring. 2. Bemorni o’tkazing. 3. Qo’lingizni yuving. 4. Dori preparatga solinmagan ingalyatsiya ballonchasi bilan muolaja bajarilishini bemorga ko’rsating. 5. Ingalyatordan himoya qopqog’ini yeching, silkitib, aerozolli ballonchaning tubini tepaga qilib o’giring. 6. Bemorga boshni sal orqaga qilib, o’ng yelkaga egishni iltimos qiling. 7. Bemorga barmoq bilan burunning o’ng qanotini yopishni taklif qiling. 8. Bemorni og’iz orqali chuqur nafas chiqarishini iltimos qiling. 9. Mundshtuk uchligini bemor burnining chap qismiga kiriting, bemordan burun orqali chuqur nafas olishni va bir vaqtga ballonchaning tubini bosishni iltimos qiling; mundshtuk uchligini bemorning burnidan chiqaring va 5-10 sek. nafasni ushlab turishni ayting. 10. Bemordan tinch nafas chiqarishini iltimos qiling. 11. Burunning o’ng tomoni ingalyatsiya qilinganda bemorga boshni chap yelkaga egib, burunning chap qanotini yopishni maslahat bering; ushbu muolajani sizning yoningizda mustaqil bajarib ko’rishini tavsiya qiling 12. Ingalyatorni himoya qalpoqchasi bilan yoping, maxsus joyga olib qo’ying, qo’lingizni yuving. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling