Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring. Jihozlar: shisha
idishda dorivor modda (preparat maxsus idishda dozalangan moslamasi bulishi
mumkin), pipetka, salfetka.
Bemorning holati: boshi orqaga egilgan holda yotib (boshni qarama-qarshi
yelka tomon egish mumkin) yoki o’tirib. Bajarilishi:
1. Qo’lingizni yuving.
2. Tomchilarning nomlanishi shifokorning ko’rsatmasiga mosligini
tekshiring.
3. Pipetkaga tomchining kerakli miqdorini oling.
4. Burun yo’llarini paxtali turundalar yordamida tozalang.
5. Bemorning burun uchini sal kutaring.
6. Dorivor moddani (pipetkani chuqur kiritmang) birinchi burun katagining
pastki burun yo’liga (3-4 tomchi) tomizing, bemordan bir necha daqiqa shunday
yotishini so’rang, tomchining ta’mi yoki hidini sezishi haqida bemorni
ogohlantiring.
Muolajani burunning ikkinchi katagi uchun takrorlang.
Bemorga qulay holatni egallashga
yordam bering, kayfiyati haqida so’rang.
Pipetkani dezinfeksiya
eritmasiga soling, qo’lingizni yuving.
Do'stlaringiz bilan baham: