Muolaja. Burun shilliq qavatini moylash
Maqsad: po’stloqlarni yumshatish, shilliq qavatni namlash, shilliq qavatni
qurib qolishdan himoyaqilish.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: tayoqchalarda paxtali sharchalar, dorivor moddalar, salfetka.
Bemorning holati: o’tirib yoki yotib.
Bajarilishi:
1. Qo’lingizni yuving.
2. Paxta shariklarini (taralgan paxta bo’lagi) chap qo’lning ko’rsatkich
barmog’i do’mboqchasiga joylashtiring; uning ustiga qattiq sterjenni (qirqmali
zond, o’ymali yog’och tayoqcha) qo’yib, soat millari bo’yicha aylantiring. Paxtani
o’ragan vaqtda u sterjenda mustahkam turishini va surtish vaqtida burunning orqa
bo’limlarida qolib ketmasligini kuzating, chunki bu holat paxtaning traxeya va
bronxlarga tushishiga olib kelishi mumkin.
3. Paxtali sharchani dorivor eritma bilan ho’llang va to’qimalarni
shikastlamaslik uchun o’rtacha chuqurlikka kiritib, burun yo’llarining shilliq
qavatini arting, kerak bo’lsa muolajani takrorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |