Tibbiyot mikrobiologiyasi
Difteriya, ko’k yo’tal va gemofliya infeksiyalarining qo’g’atuvchilari
Download 242.08 Kb.
|
Tibbiyot mikrobiologiyasi javob (2)
Difteriya, ko’k yo’tal va gemofliya infeksiyalarining qo’g’atuvchilari.
Difteriya (yun. diptherien — parda, et), boʻgʻma — asosan hiqildoq, tomoq shilliq pardalarining yalligʻlanishi va aʼzolarning zararlanishi bilan kechadigan oʻtkir infeksion kasallik. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi kirgan joyni zich parda bosishi va umuman organizmning ogʻir zaharlanishi (intoksikatsiya) bilan kechadi. D. bilan koʻproq bolalar kasallanadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisini birinchi boʻlib nemis olimlaridan E. Klebs va F. Lefler aniqlagan (1883— 84). D.ni difteriya tayoqchasi yoki Lefler tayoqchasi (uni tasvirlagan olim nomi bilan ataladi) qoʻzgʻatadi. U atrof muhit taʼsiriga ancha chidamli: bemor tutgan buyumlar (idishtovoq, kitob, oʻyinchoq, kiyim-kechak va b.)da bir necha hafta saqlanishi mumkin, ammo oftobda va dezinfeksiyalovchi moddalar taʼsirida tezda oʻladi. Kasallik asosan bemordan yuqadi, u butun kasallik davomida va, hatto, sogʻayib ketganidan keyin ham bir qancha vaktgacha atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Bemor yoʻtalganda, aksirganda, soʻzlashganda D. mikroblari soʻlak, shilimshiq, balgʻam tomchilari bilan havoga chiqadi. Sogʻlom odam shunday havodan nafas olganida unga kasallik yukadi. Bakteriya tashuvchi kishi ham kasallik manbai boʻlishi mumkin. D. tayoqchasi koʻpincha burunhalqum, tomoq va yuqori nafas yoʻllari (qiqildoq, traxeyani) zararlantiradi. D. tayoqchasi shilliq pardaga oʻrnashib oladi va oʻzidan toksin (zahar) ajratadi, u qon va limfa bilan butun organizmga tarqaladi. D. toksini shilliq pardani yalligʻlantirib, unda zich parda — karash hosil qiladi. D. tayoqchasining oʻrnashgan joyiga va koʻpayishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, koʻz, tashqi jinsiy aʼzolar va teri D.si kuzatiladi. Kasallikning inkubatsion davri 2—10 kun. Tomoq D.si holsizlanish va haroratning koʻtarilishi (38—39°) bilan boshlanadi. Tomoq ogʻrib jagʻ osti limfa tugunlari shishadi; tomoq shilliq pardasi qizaradi, murtak bezlari va yumshoq tanglay oq yoki kulrang parda bilan qoplanadi. D.ning toksinli shakli ham rivojlanishi mumkin, u tez avj oladi; temperatura 40° gacha koʻtariladi, yutinganda tomoq qattiq ogʻriydi, bemor qaytaqayta qusadi. Umuman darmonsizlanadi, boʻshashadi, yurak urishi tezlashadi, rangi siniqadi. Jagʻ osti limfa tugunlari sohasidagi teri osti kletchatkalari shishadi va u boʻyinga, baʼzan koʻkrak qafasiga tarqaladi. Tomoq shishi D.ning ilk belgisi boʻlib, bunda murtak bezlari va yumshoq tanglay toʻqimalari bir-biriga deyarli jips yopishadi. Pardali karash tanglay, burunhalqumni qoplab olib, bemor xirillab nafas olishga majbur boʻladi, ogʻzini sal ochib yuradi, keyinroq burundan koʻp shilimshiq keladi. Koʻkyoʻtal — oʻtkir antroponoz, havo-tomchi yoʻli bilan yuquvchi bakterial infektiya hisoblanadi. Harakterli belgisi pristupsimon, spazmatik yoʻtal. Nafas olish yoʻlining havfli kasalligi boʻlib 2 yoshdagi bolalarda ogʻir kechadi. Kuzgatuvchisi — Bordatella pertussis aerob, kapsulali, grammanfiy tayoqcha bakteriyadir. Bakteriyalar koʻp miqdorda toksinlar ajratib chiqaradi va nafas yoʻllarining shilliq qavatini zararlaydi. Nafas yoʻllarining shilliq qavatida koʻpayadi, kasallik simptomlariga sabab boʻladi. 40 % hollarda kasallik oʻtkir bronhit tarzida kechishi mumkin. Gemofiliya -bu X-xromosoma bilan bog‘liq bo‘lgan qonning ivishining buzilishidan iborat kam uchrovchi va jiddiy tug‘ma kasallik, bo‘lib, u qonning ivish qobiliyatiga ta’sir qiladi, natijada gemologiyaga ega odamlarda qon ketishi odatdagidan uzoqroq davom etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan har 10,000 kishidan 1 nafari gemofiliya kasalligiga chalingan va dunyo bo‘ylab 450,000 kishi gemofiliyadan aziyat chekadi. Gemofiliya qonning ivishi omillarining yetarli emasligi bilan xarakterlanadi va odatda u ota-onalardan bolga o‘tadi, biroq taxminan uchdan bir holatlarda u to‘satdan mutatsiya tufayli yuzaga keladi. Gemofiliyaning ikkita turlicha turi mavjud, ulardan har biri ma’lum ivish omilining yetishmasligi bilan bog‘liqdir. Eng keng tarqalgan turi A gemofiliya bo‘lib, bunda shaxsda VIII (FVIII) ivish omili yetarli darajada bo‘lmaydi. B gemofiliya kamroq uchraydi, bunda odamda IX (FIX) ivish omili yetarli bo‘lmaydi, gemofiliyaning bu turi jami holatlarning atigi 15-20% ni tashkil qiladi. Har ikkala ivish omili uchun genlar X-xromosomada joylashgan, shuning uchun ham u asosan ta’sirga uchragan onaning X xromosomasidan meros qilib oluvchi erkaklarga ta’sir qiladi. Download 242.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling