Tibbiyot mikrobiologiyasi


Qon (transmissiv) infeksiyalari


Download 242.08 Kb.
bet4/27
Sana31.01.2024
Hajmi242.08 Kb.
#1828400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Tibbiyot mikrobiologiyasi javob (2)

3. Qon (transmissiv) infeksiyalari: Qon (transmissiv) infeksiyalari. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari asosan qon va limfada joylashgan bo‘lib, sog‘lom odamga infeksiya yuqtirib olgan qon so‘ruvchi hasharotlar – bitlar, burgalar, chivinlar va kanalarning chaqishi orqali tushadi. Shuni ta’kidlash zarurki, mazkur guruhdagi yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat odam organizmida, balki qon so‘ruvchi hasharotlar organizmida ham parazitlik qilishga moslashgan. Shuning uchun qon so‘ruvchi hashoratlarni yo‘qotish va sog‘lom kishilarni ularning chaqishidan himoya qilish tadbirlari epidemiyaga qarshi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bu guruh
infeksiyalariga qaytalama va toshmali tiflar, kalamushdan yuqadigan rikketsioz, pappatachi isitmasi, gemorragik isitmalar kiradi.
4. Tashqi qoplamlar infeksiyalari: Tashqi qoplamlar infeksiyalari. Infeksiya odam organizmiga tirnalgan yoki yorilgan tashqi qoplamlar (teri va shilliq pardalar) orqali tushadi. Bu guruh infeksiyalariga saramas (zararlangan teri va shilliq pardalar orqali organizmga streptokokk kiradi), qoqshol (yaraga kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan tuproq tushganda rivojlanadi) va boshqalar misol bo‘ladi.



  1. Infeksion kasalliklarning spetsifik profilaktikasi va terapiyasi.

Infeksion kasaliklarning spetsfik profilaktikasi va terapiyasi ?

Ma’lumki, infeksiya epidemik zanjirning uchta bo‘g‘ini (infeksiya


manbai, uning yuqish yo‘llari va immunitet holati) mavjud
bo‘lgandagina tarqaladi. Demak, profilaktik tadbirlar xuddi shu
yo‘nalishlarda o‘tkazilishi zarur.
• A)tashkiliy tadbirlar (izolatsiya,karantin),
• B)maxsus sanitariya tadbirlari (dezinfeksiya,dezinseksiya,deratizatsiya)
• C) spetsifik profilaktika (immunizatsiya)dan tarkib topgan.

Terapiyasi


Yuqumli kasalliklar bilan og rigan bemorlarni kompleks davolash lozim.
Bemorlarni etiologik va patogenetik jihatdan asoslangan holda
davolash uchun yuqumli kasalliklarni davolash qoidalariga
amal qilish zarur.
Bular quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1.qo'zg'atuvchiga ta'sir etish;
2.qo'zg'atuvchi toksiniga ta'sir etish;
3.organizm reaktivligiga ta sir etish;
4.patologik jarayonning ayrim bo'g'inlariga ta'sir etish.

Davolash
Seroterapiya


•Yuqumli kasalliklarda antiteloga ega preparatlardan
zardoblar va gamma-globulinlar ishlatiladi. Seropreparatlar uch
guruhga bo‘linadi: 1. Antitoksik (qoqsholga, difteriyaga, botulizmga
qarshi hamda antistafilokokk gamma-globulin),
•2.Antimikrob (kuydirgi va leptospirozga qarshi gamma-globulin) va 3.Antivirus (antirabik, chechakka, gripp va kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi gamma-globulinlar). Eng ko‘p qo‘llaniladiganlari antitoksik zardoblar bo‘lib, ular u yoki bu qo‘zg‘atuvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan toksinni neytrallaydi va xalqaro birlikda (XB) belgilanadi.
Seroterapiyaning umumiy qoidalari tipospetsifiklik, erta
qo‘llash va dozaning yetarliligidir.
Yuqumli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan preparatlarni quydagi guruhlarga bo’lish mumkin
Spetsifik immunoterapiya- (seroterapiya, vaksinoterapiya, fagoterapiya)
Yuqumli kasalliklarda antiteloga ega preparatlardan zardoblar va gamma-globulinlar ishlatiladi. Seropreparatlar uch guruhga bo‘linadi: 1. Antitoksik (qoqsholga, difteriyaga, botulizmga qarshi hamda antistafilokokk gamma-globulin),
2.Antimikrob (kuydirgi va leptospirozga qarshi gamma-globulin) va 3.Antivirus (antirabik, chechakka, gripp va kanadan yuqadigan ensefalitga qarshi gamma-globulinlar). Eng ko‘p qo‘llaniladiganlari antitoksik zardoblar bo‘lib, ular u yoki bu qo‘zg‘atuvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan toksinni neytrallaydi va xalqaro birlikda (XB) belgilanadi.
Seroterapiyaning umumiy qoidalari tipospetsifiklik, erta qo‘llash va dozaning yetarliligidir.




  1. Download 242.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling