Fizik usul- 1)Muzlatish 2) Yoqish 3) Yuvish 4) Isitish
Kimyoviy usul- 1)Natriy ftorid 2) Borat kislota 3) Bura 4) Xlorofos 5) geksaxloran 6) Karbofos
Biologik- Bunda kemiruvchilar uchun patogen bakteriya kulturalaridan foydaniladi
Yuqumli kasalliklar terapiyasi
Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash lozim. Bemorlarni etiologik va patogenetik jihatdan asoslangan holda davolash uchun yuqumli kasalliklarni davolash qoidalariga amal qilish zarur. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) qo‘zg‘atuvchiga ta’sir etish;
2) qo‘zg‘atuvchi toksiniga ta’sir etish;
3) organizm reaktivligiga ta’sir etish;
4) patologik jarayonning ayrim bo‘g‘inlariga ta’sir etish.
Infeksion kasalliklar klassifikatsiyasi va ularning kasallik davri.
Infeksiyaning joylashishi va yuqish mexanizmi yuqumli kasalliklarning L.V.Gromashevskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.Ichak infeksiyalari: Ichak infeksiyalari. Bu infeksiyada bemor va kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashib yuruvchilar infeksiya manbai hisoblanadi. Bemor organizmidan ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari asosan axlat, qusuq massalari va siydik bilan ajraladi. Infeksiya tashqi muhitdan organizmga ifloslangan ovqat yoki ichimlik suvi bilan oshqozon-ichak yo‘llari (fekal-oral yuqish) orqali tushadi.
Ichak infeksiyalariga ovqat toksikoinfeksiyalari, dizenteriya, salmonellozlar, esherixiozlar, tif-paratif kasalliklari, botulizm,vabo, ko‘pchilik gelmintozlar va boshqalar kiradi.
2.Nafas yo‘llari infeksiyalar: Nafas yo‘llari infeksiyalari. Kasallik manbai bemor va bakteriya (virus) tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yo‘talganda, aksirganda va gaplashganda og‘iz va burun bo‘shlig‘ida patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar) havoga ajralib chiqadi. Sog‘lom odam organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchilari tarkibida mikroorganizmlar bo‘lgan havodan nafas olish natijasida tushadi Bu guruhga gripp, paragripp, adenovirusli infeksiya, difteriya, meningokokk infeksiyasi, chinchechak, ornitoz, mononukleoz va ko‘pgina boshqa bolalar infeksiyalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |