Tijorat banklari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari


Litsenziyaning bekor qilinishi


Download 31.72 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1383525
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tijorat banklari faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari

Litsenziyaning bekor qilinishi:
- tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatiga nisbatan qo‘llaniladigan qattiq huquqiy sanksiya;
- qonun buzilish holatiga davlatning o‘z boshqaruv muassasasi Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati;
- bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi.
Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi, ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi.
Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo‘llanadigan og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo‘llaniladi;
- bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida;
- litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda;
- bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda;
- hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
- bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof tarzda amalga oshirilganida;
- litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida;
- O‘zbekiston Respublikasida sho‘‘ba bank ochgan xorijiy bank litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning sudga murojaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi. Likvidator (tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksionerlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi. Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zahiralar hisob varag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomondan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim etilgandan so‘ng bankning tugatish hisob varag‘ida aks ettiriladi. Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni boshlangandan so‘ng cheklashlar kiritadi, ya’ni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar vakolatlari to‘xtatiladi. Bank hisobidan va nomidan hech qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- moddiy nazorat va inventarizatsiya;
- aktivlarni tekshirish;
- aktivlarni baholash va sotish;
- sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
- tugatish jarayonini aniqlash.
Markaziy bank tugatish jarayonini nazorat qilib turadi. Bankni tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishdan bosh tortishi, shuningdek, bankni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish mumkin Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo‘lishi mumkin: ixtiyoriy tugatish yoki majburiy tugatishdir. Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
Bank aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qilishi lozim. Bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi zarur. Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan birga Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi tugatish sabablari ko‘rsatilib qabul qilgan qarori;
bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojat qilingan vaqtdagi balans hisoboti;
tugatish komissiyasi a’zolari ro‘yxati;
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan tugatish rejasi.
Markaziy bank iltimosnoma qabul qilingan kundan boshlab bir oy davomida bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Markaziy bank ushbu iltimosnomaga rozi bo‘lmasa bank rahbarlari va aksiyadorlariga bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik bermasligi to‘g‘risida asoslangan qarorni etkazadi. Markaziy bank zarur hollarda tugatish rejasi va jadvalini ko‘rib chiqish yoki boshqa hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishi mumkin. Likvidator Markaziy bankning tugatish to‘g‘risidagi roziligi olingandan keyin, kreditorlar o‘z talablarini bildirishi mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatgan holda ushbu ma’lumotni kamida ikki respublika gazetasida e’lon qilishi lozim. Talab qilinayotgan barcha choralar bajarilgach tugatish komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlaganidan so‘ng 7 kun ichida Markaziy bankka hisobot va tugatish balansini taqdim etishi lozim. Majburiy tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga oshriladi.
Markaziy bankning litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bankni majburiy ravishda tugatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
a) passivlarning aktivlardan oshib ketishi tufayli bankning to‘lovga layoqatsiz bo‘lib qolishi;
b) litsenziya berilishiga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligi aniqlanishi;
v) bank o‘z omonatchilari yoki boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarni bajarishga layoqatsizligi;
g) hisobot ma’lumotlarining muntazam ravishda buzib ko‘rsatilishi;
d) qonunchilikka hamda omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi litsenziya shartlariga zid bo‘lgan bank operatsiyalarining amalga oshirilishi;
e) litsenziya berilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq muddatda bank operatsiyalarini bajarishni kechiktirish;
j) monopoliyaga qarshi qoidalarning buzilishi;
z) O‘zbekiston Respublikasi xududida sho‘‘ba bankni tashkil etgan xorijiy davlat banki litsenziyasining qaytarib olinishi.
Omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklarga quyidagilar kiradi:
a) amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarining buzilishi;
b) xavfli yoki nosog‘lom bank faoliyatining yuritilishi;
v) bankning Markaziy bank ko‘rsatmalarini atayin va uzoq muddat bajarmasligi;
g) bank tomonidan hujjatlar yoki yozishmalarning Markaziy bank inspektorlaridan yashirilishi yoki bank nazorati xizmatiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortilishi.
Bank faoliyati omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soladi deb tan olinadi agar:
bank kapitalining etarlilik koeffitsienti darajasi Markaziy bank belgilagan ushbu iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lishi;
bank ketma-ket keluvchi har uch chorakda bank regulyativ kapitalining 10 foizidan yoki vaqtdan qat’iy nazar regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq miqdorda potensial zarar ko‘rishi yoki ko‘rishi mumkin ekanligi;
omonatchilar va kreditorlarning bankka ishonib topshirgan mablag‘lari butligiga real xavf soluvchi boshqa hollar.
Banklarni tugatish to‘g‘risidagi nizomning 4-bo‘limida tugatuvchi (likvidator) vakolatlari va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bank tugatilishi boshlangandan so‘ng Markaziy bank moddiy nazoratni o‘rnatadi va likvidator inventarizatsiya o‘tkazadi. SHuningdek likvidator aktivlarni tekshirib tugatish hisobotini tayyorlashi lozim: unda yakuniy balans, vakillik hisob varaqalari ahvoli to‘g‘risidagi hisobotlar, pul mablag‘lari va valyuta hisobini yuritish, balans va kredit portfeli bo‘yicha kreditor qarzdorligini tekshirishi lozim. Likvidator bank aktivlarini: ya’ni pul mablag‘lari, ssudalar, qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta mablag‘larini baholab sotadi. Likvidator nizomga asosan omonatchilar va kreditorlar talabini qondirish kerak. Likvidator tayinlanganidan keyin bir kunlik muddatda ikkita markaziy gazetada kreditorlar talablarini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda talablarni bildirish tartibi va muddati hamda kreditorlar o‘z talablarini da’vo qilishlari mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatilgan holda bankni tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risidagi habarnomani beradi. Talablarni bildirish muddati tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida habar berilgan kundan boshlab ikki oyni tashkil etadi. Ushbu muddat tugaganidan keyin likvidator tomonidan talablarni qabul qilinmaydiTugatish ishlari yakunlangandan so‘ng likvidator bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi va Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank likvidator taqdim etgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, bankni Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan o‘chirib chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng 10 kun davomida Markaziy bank Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga hamda bank joylashgan manzil bo‘yicha ularning organlariga bank tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni etkazadi va bankni banklarni ro‘yxatga olish Davlat Kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risida qarorni qabul qiladi.
Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling