Tilga e’tibor-elga etibor


Aynan ona tili tufayli inson o'z ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi. Ya'ni, ularning aytgan o'gitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezgu ishlari ona tili orqali avloddan avlodga o'


Download 74.74 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi74.74 Kb.
#1063589
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tilga e’tibor-elga etibor

Aynan ona tili tufayli inson o'z ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi. Ya'ni, ularning aytgan o'gitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezgu ishlari ona tili orqali avloddan avlodga o'tib boradi.

Aynan ona tili tufayli inson o'z ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi. Ya'ni, ularning aytgan o'gitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezgu ishlari ona tili orqali avloddan avlodga o'tib boradi.

Shunday qilib, ona tilini puxta bilish, u bilan g'urur-iftixor qilish milliy ma'naviyat, o'zlik ifodasi bo'lsa, boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisi, qo'shimcha bilim quroliga ega bo'lishdir.

"Grammatika" termini yunoncha grammatika so’zidan olingan bo’lib, "yozish san'ati" ma'nosini bildiradi. Dastlab u yozuv tilini tekshirish bilan shug’ullangan. Bora-bora grammatika tushunchasining doirasi kengayib, yozuvi bo’lmagan jonli tillarni ham tekshira boshlagan, lekin nomi avvalgicha qolgan. Shunday qilib, grammatika terminining ma'nosi kengayib, mavhumlashib, tilshunoslik fanining bir tildagi so’z tuzilishi, gapda so’zlarning o’zgarishi va birikishini o’rganadigan katta manbaga aylanadi. Grammatika odatda ilmning nomi sifatida til qonunlarini, til bilan tafakkurning o’zaro munosabatlari, til taraqqiyoti jarayonida bo’ladigan turli o’zgarishlar, hodisalarni nazariy o’rganib to’g’ri yoritadi. Bular esa tilni amaliy jihatdan o’rganishga katta yordam beradi.

Har bir tilning asosi uning fonetik tizimi, leksikasi va grammatikasidir. Grammatika vositasida kishilar o’z fikrlarini gap orqali ifodalaydylar. Gap, odatda, bir-biri bilan o’zaro bog’langan so’zlardan tashkil topgan bo’ladi. Demak, yakka holdagi so’zlar ayrim ma'nolarni ifodalay olsa ham, nutqda o’zaro chambarchas bog’langan holda qo’llaniladi. (O. Azizov. "Tilshunoslikka kirish". 1996 yil, 89-90-bet). Til-kishilarning muhim aloqa vositasi hisoblanadi. Chunki gaplar til orqali amalga oshiriladi. Buyuk donishmandlarimiz va shoirlar shuning uchun ham tilga e'tibor berib, uni e'zozlashga undaganlar:


Download 74.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling