Tilshunoslik


-§. Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

22-§. Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati 
Til 
belgilari 
xususidagi 
fikrlarda, 
yuqorida 
qayd 
etilganidek, F. do‘ Sossyur, asosan, morfemalarni va so‘zlarni 
e’tiborga oladi va ularni belgi deb talqin etadi. Bugungi 
tilshunoslikda so‘z birikmalari va hatto gap ham belgi deb tan 
olinmoqda [V.G.Gak,1989: 46]. Buning asosiy sababi ularning 
ikki jihatga – mazmuniy va shakliy yaxlitlikka ega bo‘lishidir. 
Shuning uchun fonemalarni til belgilari jumlasiga kiritib 
bo‘lmaydi. Chunki ularda shakliy butunlik, nutq tovushiga 
xoslik mavjud, xolos. Fonemalar, shunday bo‘lishiga qaramay, 
til belgilarining xom ashyosi sanaladi. 
Belgi tanlash masalasi ham salmoqli mavqega egadir. Bu 
haqda F.do‘ Sossyur muhim ilmiy ahamiyatga molik fikr 
bildiradi. Uning fikriga ko‘ra, belgi tanlash erkin bo‘lib, u har 


89 
bir xususiy sistemaning ichki qonun-qoidalari asosida amalga 
oshiriladi. Biroq buni nisbiy tushunmoq lozim. Chunki har 
qanday belgi ham til sistemasining faol a’zosiga aylangach, uni 
o‘zgartirib bo‘lmaydi va natijada erkinlik tushunchasi kun 
tartibidan tushiriladi. Til belgilari sistemani tashkil etar ekan, 
ular tilning
ijtimoiyligi uchun faol xizmat qiladi. Biroq, belgi 
tildan nutqqa ko‘chirilgach, unda xususiylik alomatlari 
vujudga kela boshlaydi. Chunki nutq o‘z mohiyatiga ko‘ra 
xususiydir. Shuning uchun biz til bilan nutqni F. do‘ Sossyur 
dixotomiyasiga ko‘ra birini ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yib 
o‘rganamiz. Mazkur qarama-qarshilik ular o‘rtasidagi 
umumiylik va xususiylik, virtuallik va aktuallik, statiklik va 
dinamiklik kabi farqlarda aniq ko‘zga tashlanadi. Demak, til 
bilan nutq bir-biriga asosli ravishda suyansa ham, ular 
mushtarak hodisalar emas. Lekin til bilan nutq o‘rtasida 
uzviylik mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi, zotan, til nutq 
uchun kerak bo‘lsa, nutq ham, o‘z navbatida, til uchun 
zarurdir. Nutq materiali til hisoblanadi, tilning esa qo‘llanish 
ob’ekti nutqdir. 
Tilning semiotik tabiatini o‘rganadigan fan semiotika deb 
nomlanadi. Semiotika belgilar nazariyasi haqidagi ta’limot
sifatida belgilarni, hodisalarni, ularning tabiati, mohiyati 
kabilarni o‘rganadi. Semiotikada ikki turdagi, ikki tipdagi 
belgilar farqlanadi, ya’ni tabiiy belgilar (yoki belgilar – 
priznaklar) va sun’iy belgilar (yoki belgilar – informatorlar) 
[R.Rasulov, 2017: 186]. Semiotikada belgi va tushunchalar 
munosabatlari o‘rganiladi. Matndagi belgilar sistemasi tilning 
semiotik tabiatini taqozo etadi. Belgilar tabiiy va sun’iy 
belgilarga bo‘linadi. Tabiiy belgilarga telefonlarimizga SMS 
kelganda chalinadigan gudoklar, yomg‘ir yoki qor yog‘ishidan 
oldin osmonga to‘plangan quyuq bulutlar kiradi. Bu belgilar 
ongimizda ma’lum tushunchalarni uyg‘otadi. 


90 
Sun’iy belgilar shartli belgilardir. Shartli belgilar axborot 
almashinuviga xizmat qiladi. Kommunikativ belgi sifatida til 
belgilari hisoblanadi. Sun’iy belgilar so‘z, gaplar kabi 
kommunikativ ma’no ifodalaydi. Tilni tafakkur va jamiyat 
bilan bog‘laydi. 
Signallar, belgilar, mimika kabi yordamchi aloqa vositalari 
qo‘llanish doirasining chegaralanganligi bilan tildan farq 
qiladi. Til jamiyat faoliyatining hamma sohasida eng muhim 
aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi [N.Uluqov, 2016:16]. 
Professor N.Uluqov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, semiotik vositalar, 
signallar, belgilar, mimika kabilar yordamchi aloqa vositalari 
hisoblanadi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling