Tilshunoslik


-§. Til strukturasi elementlari – til sathlari


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

23-§. Til strukturasi elementlari – til sathlari 
Shunga e’tibor berish kerakki, til belgilari o‘ziga xos 
semiologik sistemani (ishoralar sistemasini) tashkil etadi. 
Ammo bu ishoralar yoki belgilar boshqa shunga o‘xshash 
belgilardan farq qiladi. Masalan, yo‘l qoidalari belgilari. 
Albatta, bu belgilar ham o‘ziga xos tildir. Biroq ularni mashina 
haydovchilar ko‘proq tushunadilar va bu belgilar shu doirada 
faol xizmat qiladi. Demak, bunday belgilarni ijtimoiy hodisa 
deb bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, ular ruhiy holat bilan 
bog‘lana olmaydi. 
Semiotika lingvistikaga ham judayam yaqin bo‘lib, eng 
to‘la va aniq aloqa tizimi bo‘lgan – odamzod tilini o‘rganadi 
[I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova, 2007: 185]. 
Til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi 
shaxsga yetkazmasdan gapiruvchining unga munosabatini, 
uning xohish - istagi va bahosi, ruhiy holatini ham aks ettiradi. 
Tildan boshqa barcha signal sistemalari o‘zgaruvchan 
xarakterga ega. Masalan, yo‘l qoidalarini bildiruvchi biror 
belgini yaxshirog‘i bilan almashtirish mumkin. Lekin tilda 
bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Til unsurlari ma’lum bir shaxsning 


91 
xohishiga ko‘ra o‘zgarib ketavermaydi. Til o‘zining ichki 
qonunlariga ko‘ra jamiyat ta’sirida rivojlanadi va o‘zgaradi. 
Ma’lum kishilar kelishib tilda o‘zgarish qilsa ham til sistemasi 
qabul qilmaydi. Bu belgilar o‘sha kishilar uchun tushunarli 
bo‘ladi, xolos. Biror bir belgi til sistemasiga kirdimi, uni 
chiqarib tashlay olmaysiz. Biz tilimizning yaqin tarixida tilga 
o‘zgartirishlar kiritishga urinishlar qilib ko‘rdik. Masalan, 
mustaqillikning dastlabki yillarida: aeraportni → tayyoragoh, 
samalyotni → tayyora, institutni → oliygoh, universitetni → 
dorulfunun, fakultetni → kulliyot, gazetani → haftanoma, 
jurnalni 
→ oynoma va hakoza 
yuzlab so‘zlarni 
o‘zgartirmoqchi bo‘ldik, bo‘lmadi.
Til amalda qo‘llanilganda, uning sistemasi tarkibidagi 
belgilar nutqqa ko‘chiriladi va nisbatan kichikroq belgining har 
biri o‘zidan katta belgi tarkibida faollik oladi. Bundan tashqari, 
ma’lum bir belgi ikkinchisining o‘rnida qo‘llanilishi ham 
mumkin. Masalan :
mofema 
U =morfema, u=so‘z, u=gap. U
so‘z 
gap 
Belgi strukturasi haqida ikkita qarama-qarshi fikr bor. 
Birinchi fikr tarafdorlari belgini ham ifoda planiga, ham 
material va mazmun planiga ega, deydilar. Bu nuqtai nazarga 
qarama-qarshi turgan ko‘p sonli olimlar belgi bir tomonlama 
hodisa, u faqat ifoda planiga ega, belgi hamma vaqt mazmun 
bilan alohida, deb hisoblaydilar. Birinchi nuqtai nazar 
tarafdorlari uchun ma’no bu belgi munosabatining predmet 
yoki tushuncha turlarida ifodalanishidir, bilim fakti haqiqatni 
real aks ettirishdir. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyat bo‘lmas ekan, til 
ham 
bo‘lmaydi. 
Jamiyat 
undan 
kundalik 
muomala 
ehtiyojlarida foydalanmas ekan, u rivojlanishdan to‘xtaydi. 
Demak, til va jamiyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Boshqa 


92 
signal sistemalari tilga nisbatan ikkilamchidir. Ular tilda 
qo‘shimcha vosita sifatida namoyon bo‘ladi, uni to‘ldiradi. 
Ma’noga bunday yondashuv ishorada aks etilmasligi 
mumkin emas. Chunki, 1) tovush qatori faqat predmetni 
ko‘rsatmaydi; 2) belgi shartli, ixtiyoriy, mazmun esa shartli 
emas, u haqiqatni aks ettirishda aniqlanadi; 3) ma’no bilim 
fakti, miyada saqlanadi, belgi hamma vaqt undan tashqaridadir. 
Belgilar sistemasini o‘rganish, uni sistemalashtirish bilan 
bog‘liq ko‘plab muammolarning paydo bo‘lishi tilshunoslikka 
yaqin bo‘lgan maxsus semiotika fanini yuzaga keltirdi. Bu fan 
miloddan avvalgi davrga borib taqaladi. Antik davr olimi 
Demokritning so‘z va predmet haqidagi munozaralari 
fikrimizning dalilidir.
Semiotikaning beshta yo‘nalishi bor: 
1.Mavjud tabiiy va biologik belgilarni o‘rganuvchi 
biosemiotik yo‘nalish. 
2.Insonning madaniyati darajasi, urf-odati va holatini 
tasvirlovchi etnosemantik yo‘nalish. 
3.Tabiiy 
tillarni, 
ularning 
uslubiy 
va 
bir-biridan 
ajralmaydigan 
belgilar 
sistemasini 
o‘rganadigan 
lingvosemiotik yo‘nalish. 
4.Belgilangan material bilan bog‘liq bo‘lmagan holda 
o‘ziga xos umumiy xususiyatlarni belgilovchi mavhum 
semiotik yo‘nalish. 
5.Mazkur yo‘nalishlarning hammasi uchun umumiy 
bo‘lgan masalalarni o‘rganuvchi umumiy semiotik yo‘nalish. 
Bilim – sub’ektning tevarak-atrofdagi olamni idrok 
ettirishga qaratilgan faoliyatdir. Bilim buyumlarni, voqealarni, 
harakatlarni va shu kabilarni ko‘rsatuvchi belgilar sistemasi 
shaklida yuzaga chiqadi. Belgi bilan ma’no ajralmasdir: 
ma’nosiz belgi, belgisiz ma’no bo‘lishi mumkin emas. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling