Tilshunoslik
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Bu nazariya XIX asrning
ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uning tarafdorlari har bir narsaga nom qo‘yayotganda odamlar o‘zaro kelishib olishgan degan fikrni olg‘a suradi. Bu fikrning o‘zi ham ilmiy asoslangan g‘oyaga ega emasligini ko‘rsatib turadi. Negaki, o‘zaro kelishib olish uchun ham insonlarda yuqori darajada rivojlangan til va tafakkur bo‘lishi taqozo etiladi. Bundan kelib chiqayapdiki, bu nazariya tilning paydo bo‘lishini emas, balki til rivojlanishining xarakterli tomonlarining bir qisminigina ko‘rsatib bera oladi, xolos. Boshqa nazariyalarga qaraganda bu nazariya haqiqatga ancha yaqinroq. Hozirgi kunda ham u yoki bu yangi paydo bo‘lgan narsani nomlashda o‘zaro kelishilib olinadi. Lekin bunday hodisalar tillarning lug‘at tarkibi boyishi uchun katta ahamiyatga ega. Ammo, tilning paydo bo‘lishiga hech qanday aloqasi yo‘q. Shuningdek, BMTning axborotlashtirish xalqaro akademi– yasi akademigi Lev Melnikov va boshqa ko‘plab tilshunoslar– ning fikricha, til olloh taolo tomonidan insonga berilgan ne’mat. Alloh faqat insongagina oliy fikrlash va so‘zlash qobilyatini ato etgan. Tilning yaratuvchisi alloh taoladir. 127 Xulosa shuki, tilning paydo bo‘lishini yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalarning birortasi ham materialistik asosda hal qilmasa ham, ularning ahamiyatini to‘liq inkor eta olmaymiz. Tilning paydo bo‘lishi nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib ko‘plab omillar ishtirok etgan. Boshqacha qilib aytganimizda, yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalar tilning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishini tushuntirishga ma’lum darajada o‘z hissasini qo‘shgan. Biz yuqorida sanab o‘tgan farazlarning barchasi ma’lum foizlarda to‘g‘ri. Tilning paydo bo‘lishini bitta faraz yoki bitta nazariya bilan bog‘lab o‘rganishning o‘zi noto‘g‘ri. Bitta farazda jamiyatning roli hisobga olinmagan bo‘lsa, mehnat chaqiriqlari va ijtimoiy kelishuv farazlarida biologik omillar chetda qolgan. Bu sanab o‘tilgan farazlarning barchasida, ma’lum ma’nolarda haqiqat mavjud. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling