Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Nazorat uchun savollar: 
1.Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar haqida nimalarni 
bilasiz? 
2.Tilning tarixiy taraqqiyoti qanday shakllangan? 
3.Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi qanday 
sodir bo‘lgan? 
4.Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi haqida nimalarni 
bilasiz? 
5.Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha 
qiyosiy – tarixiy tilshunoslik ekanligi haqida nimalarni bilasiz? 
Tayanch so‘z va birikmalar: 
Tovushga taqlid farazi, undov farazi, biologik omillar, 
mehnat chaqiriqlari farazi, imo-ishoralar, ijtimoiy kelishuv 
nazariyalari, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, lingvogeografiya, 
sub’ekt, predikat, ob’ekt, atribut. 
Adabiyotlar 
1. O‘rinboyev B. O‘zbek tilshunosligi tarixi. –Samarqand: 
1999. –80 b. 
2.Nurmonov A. Tanlangan asarlar, 2-jild. Lingvistik 
ta’limotlar tarixi. –Toshkent, 2012. –232 b. 
3.Usmonov S. Umumiy tilshunlik. –Toshkent: O‘qituvchi, 
1972. –208 b. 
4.Hasanov H. Mahmud Koshg‘ariy. –Toshkent. 1963. 
5.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.–Toshkent: Fan va 
texnologiya, 2017. –312 b. 
6.Mahmud Koshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni. (Devoni 
lug‘otit turk). 3 jildlik. 1-jild. Tarjimon va nashrga 
tayyorlovchi: Solih Mutallibov. –T.: Fan, 1960. –500 b. 


144 
7.Кононов А.Н., Нигматов Х.Г. Махмуд Кашгарский о 
тюркских языках. История лингвистических учений. 
Средневековый восток. –Л., 1981. –135 c.
8.Лингвистический энциклопедический словар/ гл. ред. 
Ярцева В.Н. – 2-е изд., доп. –М. : Болшая рос. Энцикл., 
2002. –709 с. 
 
 
 


145 
DUNYO TILLARI VA ULARNING TASNIFI 
31-§. Dunyo tillari 
Til universaliyalari barcha tillarga tegishli hodisalardir. 
Barcha tillar sistem xarakterga ega bo‘lgani uchun, struktural 
tipologiyaning ob’ekti sanaladi. Dunyo tillarining tipologik 
tasnifini quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganamiz: 
1.Qiyosiy tipologiya.
2.Genetik tipologiya.
3.Morfologik tipologiya.
Qiyosiy tipologiya qarindosh bo‘lgan va bo‘lmagan tillarni 
qiyoslash orqali ularning xarakterli xususiyatlarini o‘rganadi. 
Genetik tipologiya butun dunyodagi tillarni qarindosh va 
qarindosh bo‘lmagan tillarga ajratib, tillar oilasini belgilab 
beradi. Bunda asosan tillarning kelib chiqish manbasiga e’tibor 
beriladi.
Morfologik tipologiya tillarning qarindoshlik aloqalaridan 
qat’iy nazar grammatik tuzilishi jihatidan turlarga ajratiladi. 
Bunda grammatik vositalarning ma’no to‘dalariga birlashishi 
muhim rol o‘ynaydi. Tillarning morfologik xususiyatlari, 
tiplari asosida muayyan guruhga birlashtirilib tasnif qilinadi. 
Morfologik tasnif bo‘yicha tillarning kelib chiqishi, tarixi, 
qarindoshlik aloqalari muhim emas, ularni grammatik 
xususiyatlari asosida muayyan guruhlarga birlashtirilib 
o‘rganiladi. Amorf (oʻzak) tillarga maye, xitoy, bamana, 
annam, Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalqlarining 
ko‘pgina tillari kiradi. Bu tillarning lugʻat tarkibi, asosan, bir 
boʻgʻinli soʻz oʻzaklardan iborat boʻlib, ularda turlanish, 
tuslanish xususiyatlari yoʻq. Shu bois ushbu tillarda soʻz 
yasovchi affikslar, yordamchi soʻzlar vazifasini bajaruvchi 
yuklamalargina mavjud. Oʻzak tillarda soʻz tartibi muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


146 
Tillarning morfologik tasnifida dunyo tillarini muayyan 
morfologik xususiyatlariga koʻra guruhlash, ularning umumiy 
chizmasini yaratish jihatlari muhim, shu bois u hozir ham oʻz 
eʼtiborini yoʻqotmagan. 
Til doimiy taraqqiyotda bo‘lgani uchun undagi barcha 
belgilar o‘zgaruvchan ekanligini inobatga olib F. do‘. Sossyur 
shunday deydi: Ko‘plab tadqiqotchilar biror til oilasining 
xarakterli belgilari xususida gapirganlarida, asosan, uning bobo 
tili xususiyati haqida o‘ylaydilar va bunday holatda muammo 
juda yengil tuyuladi, chunki gap ma’lum til va ma’lum davr 
haqida boradi. Ammo kimdir na makon na zamon ta’sirida 
bo‘ladigan barqaror belgilar bor deb o‘ylasa, u evolyusion 
tilshunoslikning asosiy tamoyillariga tajovuz qilgan bo‘ladi. 
Mohiyatan o‘zgarmaydigan belgilar bo‘lmaydi, ular faqat 
tasodif tufayligina saqlanib qolishi mumkin. [F. do‘. Sossyur, 
2019: 267]. 
Dunyo tillarini qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarga 
ajratib o‘rganish XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo 
bo‘lgan tarixiy-qiyosiy tilshunoslikning izlanish samaralaridan 
biridir. 
Umuman 
qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslikning, 
tilshunoslikka qo‘shgan eng katta hosilasi butun dunyodagi 
tillarning geniologik tasnifini yaratish imkonini berganligi 
bilan 
ahamiyatlidir. 
Boshqacha 
qilib 
aytsak, 
komporativistikaning asoslanishi butun dunyodagi tillarning 
geniologik tasnifini yaratish imkonini berdi. Tillarni bir-biriga 
qiyoslab, taqqoslab o‘rganish tillardagi so‘zlarning ma’nolari, 
grammatik xususiyatlari bir-biridan juda katta farq qilishini 
ko‘rsatdi. Bir - biridan katta farq qilgan tillar kelib chiqishiga 
ko‘ra qardosh tillar bo‘la olmaydi. Shuningdek, tillarni 
qiyoslash oqibatida ba’zi tillarning leksik boyligi, grammatik 
xususiyatlari, ulardagi so‘zlarning shakllari va ma’nolari, 
paydo bo‘lish manbai ham bir-biriga ancha yaqin ekanligi 
ko‘rinadi. Bunday tillar bir tildan kelib chiqqan, qardosh tillar 


147 
hisoblanib, grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari 
jihatidan bir-birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi til oilasi deb 
qaraladi. Masalan, o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar, 
boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, gagauz, qoraqalpoq
turk, chuvash kabi tillar turkiy til oilasiga kiritiladi. Chunki, bu 
tillardagi o‘xshashlik, yaqinlik, umuman, qardoshlik tomonlari 
ularning so‘z boyligi, fonetik, grammatik qurilishiga bir-biriga 
juda o‘xshaydi. 
Qardosh tillar jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yo 
differensiya yoki integratsiya yo‘li bilan paydo bo‘ladigan 
tarixiy hodisadir. Shuning uchun tillarning qarindoshligini 
biologik 
hodisa 
deb 
qarash 
xatodir 
[I.Yo‘ldoshev, 
O‘.Sharipova, 2007: 156]. 
Qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarda o‘xshashlik hodisalari 
uchrashi mumkin. Til ochiq tizim bo‘lgani uchun, bir tildan 
ikkinchi bir tilga tinimsiz so‘zlarning kirib kelishi yuz beradi. 
Ma’lu bir tilda boshqa bir qardosh bo‘lmagan tildan kirgan 
so‘zlar ham ko‘plab uchraydi. Masalan, o‘zbek tiliga arab 
tilidan: ism, fe’l, harf, kalima, jumla, qofiya, vazn, balog‘at, 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling