Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

istiora, mantiq, falsafa, savod, ma’no, mazmun singari, rus 
tilidan mashina, stol, stul, ruchka, samovar kabi anchagina 
so‘zlar o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab 
tili yoki rus tili bilan qardosh til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, 
chunki birinchidan, bunday tillarning qardosh ekanligini isbot 
qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. 
Ikkinchidan, har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan 
so‘zlar ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik 
xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy 
taraqqiyot jarayonida turli munosabatlar tufayli boshqa 
tillardan kirib qolgan so‘zlar tillarning tarixini solishtirib, 
taqqoslab o‘rganilgan etnogenez jihatdan ham qardosh bo‘lib 
chiqmaydi, chunki til materialining kelib chiqishi jihatidan bir-
biriga to‘g‘ri kelmaydi, qardosh emasligi ma’lum bo‘ladi. 


148 
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh 
tillarga qarashli bo‘lganligi uchun bu tillar leksikasidagi so‘z 
boyligi ma’nolari, so‘larning fonetik va grammatik tuzilishlari 
jihatidan ham birmuncha o‘xshashlik, yaqinligi aniq sezilib 
turadi. Jumladan, Yevropa tillari va boshqa tillarda ham 
bunday xususiyatlarni qiyoslab o‘rganishda qardoshlik 
aloqalari aniqlandi. Bu fikrlar shuni ko‘rsatadiki, qardosh 
tillarda so‘z negizlari, grammatik vositalar jihatidan farq qilsa 
ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan kelib 
chiqqan hisoblanadi. Ulardagi biror so‘z yoki grammatik 
vositalardagi noo‘xshashlik ma’lum bir fonetik qonuniyat 
asosida yuz bergan. Masalan, o‘zbek tilidagi g‘ tovushiga 
qozoq tilidagi u (w) tovushi muvofiq keladi: bog‘-bau (baw), 
tog‘-tau (taw); o‘zbek tilidagi t tovushiga ozarbayjon tilidagi d 
tovushi muvofiq keladi: temir-demir, til-dil; o‘zbek tilidagi y 
tovushiga qardosh tillardagi tovushlarning bir-biriga muvofiq 
kelishi fonetik qonunga asoslangan hamda qardosh tillardagi 
so‘zlarning leksik ma’nolari va grammatik qurilishlaridagi 
ba’zi bir farqlar ular tilining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. 
Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi 
tovushlar bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq qilsa ham, grammatik 
vositalar, so‘zlarning ma’nolari asosan o‘zaro juda yaqin 
bo‘ladi. Shu kabi har bir tilning boyligi inson irqining oq yoki 
sariq ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu asosda, geneologik 
tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida bir o‘zak 
tildan tarqalganligini va ularning o‘zaro munosabatini, so‘z 
ma’nolari va grammatik shakllarini, nutq tovushlarining bir-
biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, tillarni 
guruhlarga ajratadi.
Professor N.Uluqov tillarning geniologik tasnifiy birliklari 
deb quyidagilarni ko‘rsatadi [N.Uluqov, 2016: 44]: 


149 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling