NUTQ MEXANIZMLARI ing. mechanism of speech, nem. Mehanismen der Rede,
Sprechmehanismen, rus. mehanizmi rechi. Nutqning shakllanishi va riv ojlani-
shi uchun zarur bölgan vositalar, asoslar, qismlar, ichki tuzilish. Nutqning
fiziologik, psixologik, lingvistik mexanizmlari mavjud.
FIZIOLOGIK MEXANIZMLAR ing. physiological mechanisms, nem. Physiolo-
gische Mehanismen, rus. fiziologicheskiye mehanizmi. Nutqning shakllanishi
va sodir bölishida ishtirok etadigan a’zolar, nutq organlari.
PSIXOLOGIK MEXANIZMLAR ing. psychological mechanisms, nem. Psycholo-
gische Mehanismen, rus. psihologicheskiye mexanizmi. Nutqning shakllan i-
shi va sodir bölishida ishtirok etadigan ruhiy holat va jarayonlar: diqqat,
sezgi, idrok, hotira, tafakkur, oldindan faraz qilish va boshqalar.
LINGVISTIK MEXANIZMLAR ing. linguistical mechanisms, nem. Linguistische
Mehanismen, rus. lingvisticheskiye mexanizmi. Nutqning shakllanishi va
sodir bölishida ishtirok etadigan lingvistik birliklar: tovush, bög’in, söz, söz
birikmalari va matn.
RETSEPTIV MEXANIZMLAR axborotni idrok qilish jarayonida xizmat qilad igan
mexanizmlar.
REPRODUKTIV MEXANIZMLAR axborotni uzatish jarayonida xizmat qilad igan
mexanizmlar.
NUTQNI IDROK QILISH ing. perseption of speech, nem. Wahrnehmung der Rede,
rus. vospriyatiye rechi. Og’zaki yoki yozma shakldagi nutqni esh itish yoki
körish a’zolari yordamida qabul qilish: tinglab tushunish va öqish.
FIKRNI SHAKLLANTIRISH ing. formation of idea, nem. Formierung des Gedank-
ens, der Idee, der Absicht; Gestaltung des Vorhabens, der Idee, rus. formi-
rovaniye misli. Biror narsa, kimsa haqida öy, hayolni, taklif, maslahatni, ni-
yat, maqsadni, tushuncha, dunyoqarashni, maslakni ma’lum shaklga
keltirish, hosil qilish, vujudga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |