Tizimli yondoshuv tamoyili


Tizimlarni modellashtirish


Download 1.64 Mb.
bet3/9
Sana23.12.2022
Hajmi1.64 Mb.
#1044660
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Karimova Dilnavozxon (2)

Tizimlarni modellashtirish. Boshqarish obyekti xususiyatlarini o‘rganish, boshqaruvchanlik darajasini bilish, turli masalalarniloyihalash, optimallashtirish, bashoratlash, tashxislash va hokazolarni yechish uchun m urakkab boshqarish tizimining matematik modelini qurish kerak
bo‘ladi.
Model — boshqarish obyektining asosiy xususiyatlari,
bog‘lanishlari, parametrlari orasidagi bog‘lanishlarni ifodalovchi
yoki o‘xshatuvchi bo‘lib, belgilar (simvol) yoki moddiy narsalar
yordamida modellashtirilayotgan obyektni tasavvur qilish imkonini beruvchidir.
Modellashtirish — model asosida (matematik yoki fizik) yoki o‘xshatish nazariyasini qo‘llab yaratilgan qurilmada jarayon yoki voqea va hodisalarni o‘rganish usuli.
Murakkab — boshqarish tizimlarini modellashtirishda keying vaqtlarda topologiya, mantiq-dinamika, imitatsion modellashtirish va boshqa usullar qo‘llanib kelinadi. Shulardan keng tarqalgani imitatsion modellashtirish usulidir.
Imitatsion model — modellar majmuasi bo‘lib, yordamchi dasturlar, m a’lumotlar bazasi yordamida murakkab tizimlarda bo‘layotgan voqea va hodisalarni sodda ko‘rinishda tezlik bilan qurish va hisoblash tajribalarini o‘tkazishga mo‘ljallangandir.
Imitatsion model takomillashuvchan bo‘lib, har bir element modeli yangilanganda, u modul ko‘rinishida umumiy modelga kiritiladi. Ma’lumotlar bazasi ham kerakli ma’lumotlar bilan yangilanib turadi va hokazo.
Imitatsion model qurish bosqichlari
1. Yechiladigan funksional masalani aniqlash. Ushbu bosqichda yechiladigan masala aniqlashtiriladi. Model murakkab bo‘lgani uchun ancha kuch va vaqt talab qiladi. Shuning uchun masalal.irni iloji boricha kamaytirish kerak.
2. Murakkab tizim elementlarining bog‘lanish sxemasini tuzish.
Munda asosiy elementlar va ularni bog‘lovchi vositalar ko‘rsatiladi.
3. Axborot oqimi sxemasini tuzish. Elementlar orasida axborot bog‘lanishlarning (kirish, chiqish) parametrlari aniqlanadi.
4. Murakkab tizim elementlarining modellarini tuzish. Har bir dementning alohida-alohida (tajriba-statistik va boshqa usullar yordamida) modellari tuziladi.
5. Murakkab tizimning umumiy modelini tuzish. Bunda mumkkab tizimning har bir elementining model bog‘lanishlari o'rganiladi.

6. Modellashtirish algoritmini tuzish.
7. Yechish usulini tanlash.
8. Hisoblash tajribalarini rejalashtirish.
9. Olingan natijalarni tahlillash.
Murakkab tizimlarning har bir elementiga tuzilgan ayrim
modellardan murakkab tizimning umumiy modeli quriladi. Ko‘pincha murakkab tizim juda ko‘p elementlardan tashkil topr.anligi sababli uning umumiy modelini qurishda m a’lum usullnrdan (imitatsion modellashtirish) foydalanamiz.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling