Mavzu. Tizimni modellashtirish asoslari Reja


Download 0.7 Mb.
bet1/8
Sana23.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1288578
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 Maruza


  1. mavzu. Tizimni modellashtirish asoslari



Reja



  1. O’rganilayotgan tizim modelini qurish.

  2. Imitatsion modellashtirish.

  3. Modellashtirish (turlari, xossalari).

  4. Modellashtirilayotgan tizimning hayot tsikli.

  5. Imitatsion modellar.

  6. Imitatsion modellashtirishnin dasturiy vositalari.

Tayanch iboralar: model, tizim modeli, modelni qurish, boshqarishni oʻrganish, bashorat qilish, oʻrganuvchi model, pragmatik model, instrumental model, ideal modellar, matematik model, modellashtirish, statik model, dinamik model, diskret model, taqlidiy (imitatsion) model.

Modellashtirish (turlari, xossalari)


“Model” (lat. modelium) soʻzi “oʻlcham”, “usul”, “nima bilandir oʻxshashlik” ma’nosini bildiradi.
Model - ob'yekt yoki ob'yekt bayoni, asl tizimni yaxshiroq oʻrganish yoki uning qandaydir xossalarini hosil qilish uchun ma’lum bir sharoitlarda, takliflarda, gipotezalarda bir tizimni (ya’ni aslini) boshqasi bilan almashtirish. Model – bir tasnifni (oʻrganilganini) boshqasi (kam oʻrganilgani) bilan almashtirish natijasidir. Fizik tizimni (ob’yektni) matematik tizim (masalan, matematik tenglamalar) bilan ifodalash orqali tizimning fiziko-matematik modeli yoki fizik tizimning matematik modeli olinadi. Har qanday model yoʻl qoʻyiladigan ma’lum bir shartlarda, gipotezalarda quriladi. Modelning zaruriyati:

  • Haqiqiy ob'yekt qanday ishlashini tushunish: uning tuzilishi, asosiy xususiyatlari, rivojlanish qonunlari va atrof-muhit bilan oʻzaro aloqasi qanday.

  • Ob’yektni yoki jarayonni boshqarishni oʻrganish: berilgan maqsadlar va mezonlarga muvofiq boshqarish usullarini aniqlash.

  • ob'yektga ta'sir koʻrsatishning belgilangan usullari va shakllarini amalga oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita oqibatlarini bashorat qilish.

Modellar, agar ularning qoʻllanilish sohalari e’tiborga olinmasa, uch xil turda boʻladi:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling