Mavzu. Tizimni modellashtirish asoslari Reja


Download 0.7 Mb.
bet2/8
Sana23.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1288578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 Maruza

Oʻrganuvchi model – bilimlarni tashkil qilish va ifodalash shakli, yangi va eski bilimlarni bogʻlovchi vosita. Oʻrganuvchi model, odatda, haqiqatga moslashtiriladi va nazariy bilim boʻladi.

  • Pragmatik model – amaliy harakatlarni, tizimni boshqarish uchun uning ishchi maqsadlarini tashkil qilish vositasi. Ularda haqiqat qandaydir bir pragmatik modelga moslashtiriladi.

  • Instrumental model – pragmatik va (yoki) oʻrganuvchi modelni tadqiq qilish, qurish va (yoki) foydalanish vositasi. Oʻrganuvchi modellar mavjud ob'yektlarni, pragmatiklari esa mavjud boʻlmasa ham xohishdagilarni va bajariladigan munosabat va aloqalarni ifodalaydi.

    Moddiy modellashtirish tadqiqotning oʻrganilayotgan ob'yektning asosiy geometrik, fizik, dinamik va funksional xususiyatlarini takrorlaydigan model asosida olib borilishi bilan tavsiflanadi. Moddiy modellashtirishning xususiy holi bu modellashtirilgan oby'ekt va model bir xil fizik xususiyatga ega boʻlgan fizik modellashtirishdir.

    Ideal modellar har qanday simvolli sxemalardan (grafik, mantiqiy, matematik va boshqalar) foydalanish bilan bogʻliq.

    Matematik model - bu tadqiqotchi tomonidan maxsus yaratilgan, mantiqiy va matematik belgilar va munosabatlardan foydalangan holda, uni qiziqtirgan haqiqiy ob'yekt xususiyatlarining mavhum aksidir.


    Tizimning matematik modeli tizimlarda tashkiliy va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam beradi (Tizimlarda qaror qabul qilish haqida keying mavzularda toʻliqroq yoritiladi).




    Modellashtirish – bu bilimlarni olish, bayon etish va foydalanishning universal usuli. Modellashtirish muammosi uchta masaladan iborat:

    • Modelni qurish (bu masalaning, modelni qurish uchun algoritmi yoʻq, shu uchun uni bayon etishning imkoniyati kam);

    • modelni tadqiq qilish (bu masalani bayon etishning imkoniyati koʻproq, modellarning har xil sinflarini oʻrganishning usullari bor);

    • modeldan foydalanish (konstruktiv va konkretlashtiriladigan masala).

    Modellashtirish bosqichlari:



    Modellarni sinflash har xil mezonlarga koʻra amalga oshiriladi. Biz eng oddiysidan va amaliy ahamiyatga ega boʻlganidan foydalanamiz:



      • Statik model;

      • Dinamik model;

      • Diskret model;

      • Taqlidiy (imitasion) model;

      • Determinirlangan model;

      • Funksional model;

      • Nazariy-toʻplam modeli;

      • Mantiqiy model;

      • Oʻyinli model;

      • Algoritmik model;

      • Grafli model;

      • Iyerarxik model;

      • Tilli model;

      • Vizual model;

      • Geometrik model;

      • Katakli-avtomatik model;

      • Fraktal model.

    Model turi modellashtirilayotgan tizimning fizik tabiatiga emas, balki uning informatsion mohiyatiga, uning ichki tizimlarining va elementlariningaloqa va munosabatlariga bogʻliq.


    Modellashtirish – tizimli tahlil metodi hisoblanadi. Modellashtirish modellashtirish jarayonini (tizimlar, modellarni) bosqichlarga (ichki tizimlar, ichki modellarga) boʻlishdan, har bir bosqichni, bosqichlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, aloqalarni batafsil oʻrganishdan, soʻngra ularni maksimal darajada rasmiylashtirib, oʻxshatib samarali bayon etishdan iborat. Modellashtirish (“metod”, “modelli tajriba - eksperiment” ma’nosida) tajribaning alohida shakli sifatida qaraladi.

    Modellashtirilayotgan tizimning hayot sikli



        • ob'yekt toʻgʻrisida axborot yigʻish, gipotezalarni oldinga surish, model oldi tahlili;

        • Tasnifni va model tarkibini (ichki modellarni) loyihalash;

        • Model xususiyatlarini qurish, alohida ichki modellarni ishlab chiqish va yaxshilash, modelni bir butun qilib yigʻish, agar kerak boʻlsa, model arametrlarini oʻxshatish;

        • Modelni oʻrganish – oʻrganish metodini tanlash va Modellashtirish algoritmini (dasturlarni) ishlab chiqish;

        • Modelning asliga oʻxshashligini (adekvatliligini), barqarorligini, sezuvchanligini oʻrganish;

        • Modellashtirish vositalarini (sarflangan resurslarni) baholash;

        • Modellashtirish natijalariga izoh berish, tahlil qilish va oʻrganilayotgan tizimda ba’zi bir sabab-oqibat aloqalarini oʻrnatish;




          • Hisobotlarni va qarorlarning xalq xoʻjaligi loyihalarini generasiyalash (ajratish);

          • Modelni aniqlashtirish, modifikatsiyalash.




    Download 0.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling