Mavzu. Tizimni modellashtirish asoslari Reja
Download 0.7 Mb.
|
9 Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arena (Rockwell Software) imitatsion modellash muhiti
MathCAD matematik muharriri.
Chiziqli va nochiziqli tenglamalar va ularning sistemalarini sonli va simvolli yechish; sonli va simvolli differensiallash va integrallash, limitlarni simvolli hisoblash; funksiya maksimum va minimumini izlash; oddiy differensial tenglamalar va tizimlarning sonli yechish, chegaraviy masalalarni ham; optimallashtirishning klassik masalalarini yechish; statistik ma’lumotlarni qayta ishlash; ikki va uch oʻlchamli grafiklar qurish, jumladan animatsiyalardan foydalangan holda. Mathematica WolframResearch kompaniyasining kompyuter algebrasi tizimi. Ham analitik almashtirishlar, ham sonli hisob-kitoblar uchun koʻplab funksiyalarga ega. Bundan tashqari, dastur grafikalar va audio bilan ishlashni qoʻllab-quvvatlaydi, shu jumladan funksiyalarning ikki va uch oʻlchovli grafikalarini qurish, ixtiyoriy geometrik shakllar chizish, rasm va tovushlarni import qilish va eksport qilish. MathWorks MATLAB (Matrix Laboratory) MATLAB imkoniyatlari chiziqli algebra, statistika, Furye tahlili qilish, differensial tenglamalarni yechish va matritsali hisob-kitoblarni amalga oshiradigan kompyuter dasturlarini ishlab chiqishni avtomatlashtirishga imkon beradi. Tarkibida maxsus Simulink dasturi boʻlib, dinamik tizimlarni modellashtirish va tahlil qiluvchi interaktiv muhitga ega. Arena (Rockwell Software) imitatsion modellash muhiti Diskret hodisalarni simulyatsiya qilish va avtomatlashtirish, transport logistika jarayonlarini optimallashtirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Maxsus SIMAN modellashtirish tili oʻrnatilgan boʻlib, natijalarni namoyish qilish uchun Cinema animatsiya tizimi ishlatiladi va 2000 yilda Rockwell Automation tomonidan sotib olingan. U SIMAN protsessori va simulyatsiya tilidan foydalanadi. 2020 yildan boshlab, bu 16 -versiyasi ishlatiladi. Arenada konveyerlar, kranlar, transporterlar, avtoyuklovchilar va avtomatlashtirilgan transport tizimlari kabi bir necha turdagi qurilmalarni boshqarish moslamalarini modellashrish (simulyatsiya qilish) uchun vositalar mavjud. Anylogic (XJ Technologies) Uzluksiz, diskret modellar va agent texnologiyalarni oʻz ichiga olgan har xil turdagi tizimlarni vizual loyihalashtirishga imkon beradi. Java tilidan foydalanadi va barcha umumiy operatsion tizimlar (Windows, Mac, Linux) muhitida dasturlarni ishga tushirishga imkon beradi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling