Toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali “Tabiiy fanlar” kafedrasi FiziKA
Download 2.12 Mb.
|
amaliyot 2 20191 SIRTQILAR UCHUN
15. Prizmaning sindirish burchagi Ө = 60°. Nurning dastlabki yo‘nalishidan eng kam og‘ish burchagi σ =30°. Prizma yasalgan shishaning sindirish ko‘rsatkichi p aniqlansin.
16. O‘tkir uchli pona shaklidagi prizmaning sindirish burchagi Ө = 2°. Agar prizma shishasining sindirish ko‘rsatkichi n=1,6 bo‘lsa, nurning prizma orqali o‘tishdagi eng kam og‘ish burchagi aniqlansin. 17. Lampochka va ekranning o‘rtasida optik kursida joylashtirilgan linza ekranda lampochkaning keskin kattalashgan tasvirini beradi. Lampochkaning ekranga ∆l=40 sm ga yaqinlashtirganlarida ekranda lampochkaning keskin kichraytirilgan tasviri paydo bo‘ldi. Agar lampochkadan ekrangacha bo‘lgan masofa l=80 sm bo‘lsa, linzaning fokus masofasi f aniqlansin. 18. Narsa va uning bosh fokus masofasi f=12 sm bo‘lgan yig‘uvchi linza hosil qiladigan hakiqiy tasviri orasidagi mumkin bo‘lgan eng kichik masofa l qanday bo‘ladi? 19. Odam fotoapparat ob’ektivining bosh optik o‘qi bo‘ylab υ= 5 m/s tezlik bilan harakatlanmokda. Undagi odam tasviri doimo yorqin bo‘lib qolishi uchun fotoapparatning xira oynasini qanday i tezlik bilan siljitish kerak? Ob’ektivning bosh fokus masofasi f=20 sm. Hisoblashlar odam fotoapparatdan a= 10 m masofada turgan hol uchun bajarilsin. 20. SHishadan optik kuchi F=5 dptr bo‘lgan yassi qavariq linza tayyorlash talab qilinadi. Linzaning qavarik sirtining egrilik radiusi R aniqlansin. 21. Ikki yoqlama qavariq linza sirtlarining egrilik radiuslari bir xil. Linza sirtlarining egrilik radiusi R ning qanday qiymatida uning bosh fokus masofasi f=20 sm bo‘ladi? 22. Linza sirtlarining egrilik radiuslarining nisbati k=2. Qavariq sirtining egrilik radiusi R ning qanday qiymatida linzaning optik kuchi F=10 dptr bo‘ladi? 23. Agar linza sirtlarining egrilik radiuslarining nisbati K = 3, uning optik kuchi F=-8 dptr bo‘lsa, linza qavariq sirtining egrilik radiusi R aniqlansin. 24. Linza sindirish ko‘rsatkichi qizil nur uchun nK==1,50, binafsha nuruchun n0=1,52 bo‘lgan shishadan tayyorlangan. Linzaning har ikkala sirtining ham egrilik radiuslari bir xil va R = 1 m. Linzaning qizil va binafsha nurlar uchun fokuslari orasidagi ∆f masofa aniqlansin. 25. Diametri d=10 sm bo‘lgan yassi kavariq linzaning bosh fokus masofasi f aniqlansin. Linzaning markazidagi qalinligi p= 1 sm, chekkalaridagi qalinligini nolga teng deb qabul qilish mumkin. 26. Agar meniskning qavariq va botik sirtlarining egrilik radiuslari mos ravishda R1 = 1 m va R2=40 sm bo‘lsa, uning optik kuchi F aniqlansin. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling