Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Sug’urta funksiyalarining qo’llanilish sohalari


Download 376.81 Kb.
bet19/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

2.Sug’urta funksiyalarining qo’llanilish sohalari

Sug‘urta faoliyatining talab va taklif asosida rivoj topishi, bir tomondan, turli mulkchilik shakllaridagi sug‘urta tashkilotlarining faoliyat ko‘rsatishlari uchun zaruriy shart-sharoitni yaratsa, ikkinchi tomondan, xo‘jalik subyektlarining mol-mulk hamda daromadlarini kutilmagan turli risklardan himoyasini ta’minlaydi.


Xuddi shunday asosga ko‘ra, sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, subyektlarning qarorni qabul qilish bosqichlari (2.2-chizma) namoyon bo‘ladi:
a) sug‘urtaga bo‘lgan talabni aniqlash. Subyektlar tomonidan sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talab xilma-xilligiga qaramasdan, ular o‘rtasida o‘zaro umumiylik mavjuddir.
Bizning fikrimizcha, subyektlarning mazkur talablarga bo‘lgan ehtiyoj va maqsadlaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
— mol-mulk va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq munosabatlarda namoyon bo‘ladigan murakkab risklardan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojga asoslanib;
— kutilmagan iqtisodiy risklardan himoyalash yuzasidan ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan maqsaddan kelib chiqib;

2.2-chizma. Sug‘urtaga bo‘lgan talab asosida subyektlarning qarorni qabul qilish bosqichlari.



2.3-chizma. Sug‘urta riskini qoplash bo‘yicha strategiyani tanlash.


— inson omilidan foydalanishga bo‘lgan talabga binoan;
— tashqi muhit ta’sirini optimallashtirish yuzasidan himoyaga bo‘lgan zaruratga ko‘ra;
b) sug‘urta xizmatining muqobil variantlarini izlash o‘z-o‘zini sug‘urtalash hisoblanadi. Unga ko‘ra, ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zararni qoplash uchun maxsus fondga ajratmalar hisobiga riskning to‘liq yoki uning ma’lum qismini sug‘urtalash amalga oshiriladi.
Yirik korxonalar, ishlab chiqarish guruhlari keptiv sug‘urta tashkilotini tashkil etish yoki sotib olish borasida kengroq imkoniyatga ega bo‘lib, ular mazkur sug‘urta tashkilotiga risklarni boshqarish vazifasini ham yuklab qo‘yishlari mumkin.
d) takliflarni o‘rganish, tahlil etish va tanlash. Bunda yuz berishi ehtimol bo‘lgan risk holatlariga ko‘ra, subyekt o‘z oldiga qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, sug‘urtalash strategiyasini (2.3- chizma) tanlaydi.
Sug‘urta riskini qoplash maqsadida, aniq bir sug‘urta turini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilishda, yakka tartibda takliflarni ishlab chiqish mijozning sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Mazkur tanlov jarayonida sug‘urta hodisasi, ya’ni risk darajasi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, birinchi holatda subyektning sug‘urta fondidan risk qoplamasini olishga bo‘lgan zarurati yuqori ekanligi kuzatilsa, boshqa holatlarda, ya’ni o‘rtacha va yengil risk darajasidagi hodisalar yuz berishi oqibatlarini odatdagi me’yoriy qoplamalar yoki o‘z hisobidan tugatish imkoniyati mavjudligi sababli, subyekt sug‘urta xizmatiga ehtiyoj sezmaydi.
Bu jarayonda risk darajasi yuqoriligi subyektning sug‘urtaga bo‘lgan talabini oshirsa, aksincha holat, risk darajasi o‘rtacha yoki yengilligi, uning bunday kafolatli himoyaga bo‘lgan talabini pasaytiradi. Shu o‘rinda, aholining sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabini o‘rganib chiqish ham maqsadga muvofiqdir.
Keyingi yillarda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tub o‘zgarishlar aholining ham sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabini orttirmoqda. Sug‘urta xizmatining aholi tomonidan sotib olinishi subyektiv tanlov, oqilonalik va ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, shaxsning o‘ziga xos xususiyati, hayot muhiti va shu kabi omillar bu tanlovga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Oila daromadining ortishi va shaxs yoshining ulg‘aya borishi ham riskdan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi. Sug‘urta tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan yuz berishi ehtimol bo‘lgan riskdan sug‘urtalash doimiy takomildagi xizmat bo‘lib, u ko‘p jihatdan mijozning talab va istaklariga bog‘liqdir.
Demak, sug‘urta xizmati darajasining qandayligi o‘ziga xos takomillashuv an’anasiga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarishdan farqlidir. Bu farqlilik quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi:
— birinchidan, me’yoriy va samarali ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zaxira fondidan foydalanish orqali talabning o‘zgaruvchanligini muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud emas.
Bunday talabga javob berish uchun uning eng yuqori darajasida ham unga muvofiq ravishdagi ishlab chiqarish zaxiralari mavjudligini ta’minlash muhim bo‘lib, u universal zaxiralar tizimini yaratish yoki talabni boshqarish usulini joriy etish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu muammo sug‘urta tashkilotlari uchun birmuncha murakkab kechadi. Mazkur murakkablik polislarni boshqarish, sug‘urta hodisasi yuz berganligini tekshirish va uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan sug‘urtalanganlarga sug‘urta qoplamasining to‘lanishida namoyon bo‘ladi;
— ikkinchidan, mijoz to sug‘urta xizmatidan foydalanguniga qadar sug‘urta tashkiloti va uning imkoniyatlari darajasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi muhimdir. Bu holat, o‘z navbatida, mazkur xizmatni taklif qilish hamda uni ko‘rsatish jarayonlarida sug‘urtachidan qator tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Sug‘urta xizmatidan foydalanishda sug‘urta tashkilotining kafolati qandayligi mijoz uchun yaratilgan imkoniyat darajasi bilan o‘lchanadi.
Bizning fikrimizcha, bu borada sug‘urta faoliyatida risk transferi
jarayonida qo‘llaniladigan ba’zi bir terminlarga aniqliklar kiritilishi talab etiladi. Mijoz tomonidan sug‘urta xizmatining sotib olinishi, uning «polis»ga imzo chekishidan boshlanadi. Bu holat mijoz sug‘urta xizmatining tashkillashgan tuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganligini anglatadi.
Sug‘urta faoliyatidan farqli ravishda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda «ishlab chiqarish» va «iste’mol» tushunchalari o‘zaro mos keladi. Sug‘urta faoliyatida esa, xizmatning «ishlab chiqarish» konsepsiyasi keng ma’noda qo‘llaniladi, unda «iste’mol» mijoz tomonidan biron-bir aniq mulkka egalik qilishini anglatmaydi. Haqiqatda, mijoz polisni sotib olishi bilanoq, sug‘urta xizmatidan foydalanishi nisbiydir. Bunda yuz berishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha javobgarlik «mijozdan—sug‘urtachiga» o‘tkazilganligi kuzatiladi.
Ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha javobgarlik polisga egalik boshlangan davrdan to bu muddat tugagunga qadar, ya’ni shartnomaning amal qilish jarayonida sug‘urtachining sug‘urta qoplamasini ta’minlash borasidagi iqtisodiy imkoniyati qandayligi bilan belgilanadi.
Mijoz sug‘urtachi bilan o‘zaro kelishuv shartlariga muvofiq aniq bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta xizmatini sotib olishi vaqtidan to sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar, shartnomada qayd etilgan talab qanday bajarilishini oldindan aniq bila olmaydi. Bu xizmat darajasini ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini aniqlash kabi an’anaviy o‘lchamlar orqali bilib bo‘lmaydi.
Ehtimollikka ko‘ra, sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urtalanuvchi shartnomada belgilangan majburiyat bajarilishida sug‘urta tashkiloti tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa yoxud ko‘rsatilayotgan xizmatdan qoniqish hosil qilmasa, u boshqa shunday muqobil xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bu holat, ya’ni sug‘urtachini oldindan sinab ko‘rish imkoniyati mavjud emasligi, albatta, mijozning, sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi.
Sug‘urtalanuvchining riskni o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘lgan sug‘urta tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va majburiyatlari bajarilishi darajasi, uning moliyaviy imkoniyatlarini bilishi sug‘urta xizmatini ko‘rsatuvchi subyektni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Jismoniy shaxslar tomonidan ham bunday ma’lumotlar o‘rganib chiqilishi ahamiyatlidir.
Sug‘urta xizmatini ishlab chiqarish bilan taqqoslab o‘rganish orqali ular o‘rtasidagi tafovutni anglab olish mumkin. Ishlab chiqarish bosqichlari quyidagicha tasniflanadi: «moddiy-texnik ta’minot — ishlab chiqarish jarayoni — sotish». Odatda, «oddiy» ishlab chiqarishda omillar sotib olinib, qayta ishlanib, tovarga aylantirilib, so‘ngra sotuvga chiqariladi. Bu tasnif sug‘urta faoliyatiga mos tushmaydi va bunday ketma-ketlik uning uchun xarakterli emas.
Xuddi boshqa ishlab chiqaruvchi subyektlar singari sug‘urta tashkiloti ham ishlab chiqarish omillarini xarid qilsa-da, unda xizmat ko‘rsatishning davriy ketma-ketligi farqlidir. Sug‘urta xizmati mijozning talabiga ko‘ra, uni omillar bilan ta’minlashdan boshlanadi. Bu omillar, albatta, o‘zida riskni namoyon etadi. Agarda risk omili mavjud bo‘lmasa, sug‘urta faoliyati uchun talab yuzaga kelmaydi.
Mijozni sug‘urta omillari bilan ta’minlash bir vaqtning o‘zida sug‘urta tashkiloti riskni o‘z zimmasiga olganligini va ayni vaqtda, sug‘urta xizmati sotilganligini ham anglatadi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta xizmatini sotish ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) dan oldin keladi.



Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling