Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “buxgalteriya hisobi va audit” fakul’teti br-33 fan: O‘zbek tili mavzu: saddi iskandariy dostoni


Shoir iskandar tarixini yozmoqchi emas. Iskandar bilan bog’liq voqealarning ma’nosini ochmoqchi. Shuning uchun voqeyalar izoh va talqinlar, hikoyatlar, savol-javob va lirik chekinishlar bilan almashin


Download 0.64 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1055787
1   2   3
Bog'liq
1504971240 66676

Shoir iskandar tarixini yozmoqchi emas. Iskandar bilan bog’liq voqealarning ma’nosini ochmoqchi. Shuning uchun voqeyalar izoh va talqinlar, hikoyatlar, savol-javob va lirik chekinishlar bilan almashinib keladi.

Iskandar taxtga chiqar ekan, o’z atrofiga olimlarni to’playdi, ularning maslahati bilan ish ko’radi.U umuman taxtdan bezor otasi unga taxtni topshirganida qattiq tashvishda qoladi.Bir yoqdan ota vasiyati,ikkinchi tomonda taxt ishlariga o’zida rag’bat sezmaslik. Oxiri xalqni yig’ib, maslahat soladi. Xalq uning shoh bo’lishini qattiq talab qilib turib oladi. Shundan keyingina arastu tojni olib uning boshiga kiygizadi. Shunda ham u el oldiga shart qo’yadi. Kimning arz-dodi bo’lsa, shohni o’zi bilan teng ko’rib, ahvolini aytishni so’raydi. Shundan so’nggina davlat ishlariga kirishadi. Avvalo, mazlumning haqini haqlab, zolimni qo’lini kalta qiladi, adolatni yo’lga qo’yadi. Fuqoro ehtiyojini hisobga olib,uni ikki yillik soliqdan ozod etadi.

Ushbu dostonda shoir bir soatlik adolat farishtalarning va dunyodagi barcha insonlarning toatidan afzal degan hadis keltiriladi. Bu bilan shoir shu davrdagi shohlarni va shahzodalarni insofga chaqiradi. Jumladan, Navoiy urishning manzaralarini chizar ekan, bu manzaralar beixtiyor temuriylar, xususan, husayn Boyqoroning o’z o’g’illari bilan bo’lgan kurashini esga oladi. Ato bir taraf gar erur,filmasal, Yana jonib o’lsa, o’g’ulg’a mahal. Ikkisig’a kin oti solg’ay g’azab, Ul o’t qon icharg’a qilib tashnalib. Ato jon berib, o’glun o’lturgali, O’g’ul ham anga tiyg’I kun surgali Qarindosh topsa qarindoshini Damodam tilab kesgali boshini.

Qondosh, qarindoshlar shu ahvolda bo’lsa, yotlar qanday bo’ladi? Bu nav o’lsa mundog’ ikki zot aro, Ne bo’lg’ay gumon qil ikki yot aro? Xuddi shu o’rinda shoir ikki jahongir – Chingizxon va Xorazmshox urishidagi ikki do’stning ittifoqligi daf etgan haqidagi rivoyat keltiriladi.

Dostonda Iskandar tarixini yaratish maqsadi qo’yilgan bo’lmasa-da, kitobxon uning yurishlari haqida ma’lum tasavvur ola oladi.Masalan Iskandar Eronni egallagach, jahonni fath etishga kirishadi. Ko’p podshohlar unga bo’yin egib keladilar. Kashmir,Hind,Chin hoqonlarigina o’zlarini tortadilar. Iskandar Xuroson va Movaraunnahrni qo’lga oladi. Hirot, Samarqand,shaharlarini egallaydi. So’ng Kashmir ustiga qo’shin tortadi. Ilm va hikmat bilan Kashmirni zabt etadi. Buni ko’rgan Hind shohi Iskandarga urishsiz tobe bo’ladi. chin xoqoni elchi kiyimida Iskandar huzuriga kelib, uning shanu shuhratiga tan beradi. Sovg’a-salomlar bilan jahongirga peshvoz chiqadi. Iskandar Mag’ribga yo’l oladi. Suv quriqliklardan o’tib, Mag’ribga yetib boradi va uni o’ziga bo’y sundiradi. U yerdagi aholini vahshiylardan himoya qiladi. Shimol safarini boshlaydi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling