Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5- bob. KORXONANING ISHCHANLIK VA BOZORGA OID FAOLLIGI TAHLILI 5.1. Korxonalarning ishchanlik faolligi tahlili
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. Aylanma mablag‘lar – joriy aktivlar deb nimani tushunasiz? 2. Nima uchun aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi? 3. Aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxona moliyaviy holatiga ta’siri qanday ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi va ular qanday aniqlanadi? 4. Korxona aylanma mablag‘larining aylanishini o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 5. Tannarx deb nimani tushunasiz. 6. Korxona xarajatlarining tarkibi qanday tahlil etiladi. 7. Mahsulotlar tannarxi ko‘rsatkichlari nimalardan iborat va ular qanday tahlil etiladi? 70 5- bob. KORXONANING ISHCHANLIK VA BOZORGA OID FAOLLIGI TAHLILI 5.1. Korxonalarning ishchanlik faolligi tahlili Oldindan aytilganidek, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazilishi korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish va o‘tkazishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalar faoliyatini tahlil qilishda tahlilchilarning asosiy e’tibori korxonalar faoliyatida davlat tomonidan tasdiqlangan mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha rejalarni bajarishni aniqlashga safarbar etilardi. Bozor munosabatlari shart-sharoitida korxonalar faoliyatida mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish o‘rtasidagi o‘zaro nisbat, asosan, mahsulotga bo‘lgan talab va taklif bilan aniqlanadi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulot ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarga moslangan bo‘lib, bu mahsulotlarning iste’molchilarini aniqlash lozim. Shu munosabat bilan korxonalar faoliyatida ishchanlik va bozorga oidlikni tashkil etish - ularni rivojlantirishni talab qiladi va bu vaziyat o‘z navbatida korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Demak, korxonalarni ishchanlik va bozorga oidligini tahlil qilishning ob’yektiv zarurligini tasdiqlaydi. Ishchanlik va bozorga oidlik korxonalarning iqtisodiy mustahkamligi, qabul qilingan rejalarni o‘z vaqtida bajarish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozor talablariga mosligi, raqobatdoshligi, korxonalarning asoslangan istiqboli mavjudligi bilan bog‘liq. Korxonalarning ishchanligi quyidagi o‘zaro nisbat bog‘lanishga to‘g‘ri kelishi lozim: Korxona foydasining dinamika indeksi > Mahsulot sotishning dinamika indeksi > Korxona mol-mulki qiymatining indeksi Ya’ni, korxona foydasining ko‘payish sur’ati mahsulot sotishning ko‘payishi sur’atidan yuqori bo‘lishi lozim va bu oxirgi ko‘rsatkich korxona mol-mulki qiymatini ko‘payish sur’atidan yuqori bo‘lishi lozim, masalan: 120 foiz > 110 foiz > 105 foiz. Bu o‘zaro bog‘lanish, nisbat jahon tajribasida «korxona iqtisodiyotining oltin qoidasi» deb ataladi. Bu qoidaga rioya qilish uchun korxonada ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlar sifatini oshirib borish, ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini ko‘tarish talab etadi. Korxona ishchanligi uning iqtisodiy mustahkamligi va boshqa korxona, tashkilotlar bilan bo‘lgan aloqalarining intensivligi bilan aniqlanadi. Korxona ishchanligi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvoffaq: 1. Korxona aktivining aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulotlar tushumi Korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati 2. Uzoq muddatli aktivlarning aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulotlar tushumi Uzoq muddatli aktivlarning o‘rtacha qiymati 71 3. Umumiy aylanma mablag‘larning aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulotlar tushumi Umumiy aylanma mablag‘larning o‘rtacha qiymati 4. Zaxira va xarajatlarning aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulotlar tushumi Zaxira va xarajatlarning o‘rtacha qiymati 5. Korxonaga tegishli kapitalning aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulotlar tushumi Korxonaga tegishli kapitalning o‘rtacha qiymati 6. Tayyor mahsulotning aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulotlar tushumi Tayyor mahsulot qoldiqlarining o‘rtacha qiymati 7. Debitorlik qarzlarning aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulotlar tushumi Debitorlik qarzlarining o‘rtacha hajmi 8. Debitorlik qarzlarini o‘rtacha muhlati (yillik) = 365 kun Debitorlik qarzlarining aylanish ko‘rsatkichi 9. Kreditorlik qarzlarning aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulot tushumi Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha hajmi 10. Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha muhlati (yillik) = 365 kun Kreditorlik qarzlarining aylanish ko‘rsatkichi 11. Pul aylanma mablag‘larning aylanish ko‘rsatkichi = Sotilgan mahsulotlar tushumi Pul aylanma mablag‘larning o‘rtacha hajmi 12. Sotilgan mahsulotlarning har bir so‘miga aylanma mablag‘lar sarfi = Umumiy aylanma mablag‘larning o‘rtacha qiymati Sotilgan mahsulotlar tushumi Yuqorida ko‘rilgan ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli to‘g‘risida gap borar ekan, quyidagilarni e’tiborga olish kerak: Birinchidan, agar tahlil qilinayotgan korxona qo‘shilgan qiymatga solinadigan soliqqa va aktsiz soliqqa tortilsa, sotilgan mahsulotlar tushumidan ular chiqarib tashlanishi lozim. Ikkinchidan, ishchanlik ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘langan bo‘lishligi uchun yuqorida berilgandek, ishchanlik ko‘rsatkichlari yagona sotilgan mahsulotlar tushumiga asoslangan holda aniqlanishi lozim. Keltirilgan ko‘rsatkichlardan ayonki, ishchanlik darajasini tahlil qilish — korxonalar umumiy aktivlari, ularning alohida elementlaridan foydalanishni ifodalaydi.Masalan, korxonalarning umumiy aktivlari aylanishi ko‘rsatkichi korxonalarda mavjud asosiy va aylanma mablag‘lardan ishlab chiqarish jarayonida 72 qanday foydalanayotganligini ifodalaydi. Korxonalarda foydalanayotgan aktivlarning alohida elementlari har xil aylanishga ega bo‘lganligi sababli, ularning aylanishi alohida tahlil etiladi. Ma’lumki, korxonalar o‘zlik va tashqaridan qarzga olingan mablag‘lardan foydalanadilar, Demak, ularning aylanishi alohida tahlil etilishi lozim. Ishchanlikni tahlil qilish korxonalarda aktivlardan yanada samarali foydalanish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Hammasi bo‘lib ishchanlik ko‘rsatkichlari 12 ta bo‘lib, yuqorida ulardan 9 tasi bo‘yicha hisoblash usullari berilgan, qolganlarini aniqlash uchun 8,10, 12 va boshqa hisoblangan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Quyidagi jadvalda bu ko‘rsatkichlarning amaliy materiallarda hisoblash natijalari berilgan: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling