Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/64
Sana07.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1248056
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. Aylanma mablag‘lar – joriy aktivlar deb nimani tushunasiz? 
2. Nima uchun aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxonalarning 
moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi? 
3. Aylanma mablag‘lar aylanishining o‘zgarishi korxona moliyaviy holatiga 
ta’siri qanday ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi va ular qanday aniqlanadi? 
4. Korxona aylanma mablag‘larining aylanishini o‘zgarishiga qanday omillar 
ta’sir ko‘rsatadi? 
5. Tannarx deb nimani tushunasiz. 
6. Korxona xarajatlarining tarkibi qanday tahlil etiladi. 
7. Mahsulotlar tannarxi ko‘rsatkichlari nimalardan iborat va ular qanday tahlil 
etiladi? 


70 
5- bob. KORXONANING ISHCHANLIK VA BOZORGA OID 
FAOLLIGI TAHLILI 
 
5.1. Korxonalarning ishchanlik faolligi tahlili 
Oldindan aytilganidek, xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazilishi 
korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish va o‘tkazishga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalar faoliyatini tahlil qilishda tahlilchilarning 
asosiy e’tibori korxonalar faoliyatida davlat tomonidan tasdiqlangan mahsulot ishlab 
chiqarish va uni sotish bo‘yicha rejalarni bajarishni aniqlashga safarbar etilardi. 
Bozor munosabatlari shart-sharoitida korxonalar faoliyatida mahsulot ishlab chiqarish 
va uni sotish o‘rtasidagi o‘zaro nisbat, asosan, mahsulotga bo‘lgan talab va taklif 
bilan aniqlanadi. Demak, ishlab chiqarilgan mahsulot ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarga 
moslangan bo‘lib, bu mahsulotlarning iste’molchilarini aniqlash lozim. 
Shu munosabat bilan korxonalar faoliyatida ishchanlik va bozorga oidlikni 
tashkil etish - ularni rivojlantirishni talab qiladi va bu vaziyat o‘z navbatida 
korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Demak, korxonalarni ishchanlik 
va bozorga oidligini tahlil qilishning ob’yektiv zarurligini tasdiqlaydi. Ishchanlik va 
bozorga oidlik korxonalarning iqtisodiy mustahkamligi, qabul qilingan rejalarni o‘z 
vaqtida bajarish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozor talablariga mosligi
raqobatdoshligi, korxonalarning asoslangan istiqboli mavjudligi bilan bog‘liq. 
Korxonalarning ishchanligi quyidagi o‘zaro nisbat bog‘lanishga to‘g‘ri kelishi 
lozim: 
Korxona foydasining 
dinamika indeksi

Mahsulot sotishning 
dinamika indeksi

Korxona mol-mulki 
qiymatining indeksi
Ya’ni, korxona foydasining ko‘payish sur’ati mahsulot sotishning ko‘payishi 
sur’atidan yuqori bo‘lishi lozim va bu oxirgi ko‘rsatkich korxona mol-mulki 
qiymatini ko‘payish sur’atidan yuqori bo‘lishi lozim, masalan: 
120 foiz > 110 foiz > 105 foiz. 
Bu o‘zaro bog‘lanish, nisbat jahon tajribasida «korxona iqtisodiyotining oltin 
qoidasi» deb ataladi. Bu qoidaga rioya qilish uchun korxonada ishlab chiqarish 
resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlar sifatini oshirib borish, ishlab 
chiqarishning texnikaviy darajasini ko‘tarish talab etadi. Korxona ishchanligi uning 
iqtisodiy mustahkamligi va boshqa korxona, tashkilotlar bilan bo‘lgan aloqalarining 
intensivligi bilan aniqlanadi. 
Korxona ishchanligi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tahlil qilish uchun quyidagi 
ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvoffaq: 
1. 
Korxona aktivining aylanish ko‘rsatkichi 

Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati 
2. 
Uzoq muddatli aktivlarning aylanish 
ko‘rsatkichi 

Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Uzoq muddatli aktivlarning o‘rtacha 
qiymati 


71 
3. 
Umumiy aylanma mablag‘larning aylanish 
ko‘rsatkichi 

Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Umumiy aylanma mablag‘larning 
o‘rtacha qiymati 
4. 
Zaxira va xarajatlarning aylanish 
ko‘rsatkichi 

Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Zaxira va xarajatlarning o‘rtacha qiymati 
5. 
Korxonaga tegishli kapitalning aylanish 
ko‘rsatkichi 

Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Korxonaga tegishli kapitalning o‘rtacha 
qiymati 
6. 
Tayyor mahsulotning aylanish ko‘rsatkichi 

Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Tayyor mahsulot qoldiqlarining o‘rtacha 
qiymati 
7. 
Debitorlik qarzlarning aylanish ko‘rsatkichi 

Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Debitorlik qarzlarining o‘rtacha hajmi 
8. 
Debitorlik qarzlarini o‘rtacha muhlati (yillik) 

365 kun 
Debitorlik qarzlarining aylanish 
ko‘rsatkichi 
9. 
Kreditorlik qarzlarning aylanish ko‘rsatkichi = 
Sotilgan mahsulot tushumi 
Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha hajmi 
10. 
Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha muhlati 
(yillik) 

365 kun 
Kreditorlik qarzlarining aylanish 
ko‘rsatkichi 
11. 
Pul aylanma mablag‘larning aylanish 
ko‘rsatkichi 

Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Pul aylanma mablag‘larning o‘rtacha hajmi 
12. 
Sotilgan mahsulotlarning har bir so‘miga 
aylanma mablag‘lar sarfi 

Umumiy aylanma mablag‘larning o‘rtacha 
qiymati 
Sotilgan mahsulotlar tushumi 
Yuqorida ko‘rilgan ko‘rsatkichlarni aniqlash usuli to‘g‘risida gap borar ekan, 
quyidagilarni e’tiborga olish kerak: 
Birinchidan, agar tahlil qilinayotgan korxona qo‘shilgan qiymatga solinadigan 
soliqqa va aktsiz soliqqa tortilsa, sotilgan mahsulotlar tushumidan ular chiqarib 
tashlanishi lozim. 
Ikkinchidan, ishchanlik ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘langan bo‘lishligi uchun 
yuqorida berilgandek, ishchanlik ko‘rsatkichlari yagona sotilgan mahsulotlar 
tushumiga asoslangan holda aniqlanishi lozim. 
Keltirilgan ko‘rsatkichlardan ayonki, ishchanlik darajasini tahlil qilish —
korxonalar 
umumiy 
aktivlari, 
ularning alohida elementlaridan foydalanishni 
ifodalaydi.Masalan, korxonalarning umumiy aktivlari aylanishi ko‘rsatkichi 
korxonalarda mavjud asosiy va aylanma mablag‘lardan ishlab chiqarish jarayonida 


72 
qanday foydalanayotganligini ifodalaydi. Korxonalarda foydalanayotgan aktivlarning 
alohida elementlari har xil aylanishga ega bo‘lganligi sababli, ularning aylanishi 
alohida tahlil etiladi. 
Ma’lumki, korxonalar o‘zlik va tashqaridan qarzga olingan mablag‘lardan 
foydalanadilar, Demak, ularning aylanishi alohida tahlil etilishi lozim. Ishchanlikni 
tahlil qilish korxonalarda aktivlardan yanada samarali foydalanish maqsadida 
tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. 
Hammasi bo‘lib ishchanlik ko‘rsatkichlari 12 ta bo‘lib, yuqorida ulardan 9 tasi 
bo‘yicha hisoblash usullari berilgan, qolganlarini aniqlash uchun 8,10, 12 va boshqa 
hisoblangan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Quyidagi jadvalda bu ko‘rsatkichlarning amaliy materiallarda hisoblash 
natijalari berilgan: 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling