Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Korxonalarning bozorga oidligi tahlili
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Korxonalarning aktsiyalarini jozibadorlik ko‘rsatkichlari
5.2. Korxonalarning bozorga oidligi tahlili
Korxonalar bozor munosabatlari shart-sharoitida ishchanlik darajasini ko‘tarish bilan birga, bozorga oidlik darajasini ham ko‘tarib turishi lozim. Iqtisodiy adabiyotda korxonalarning bozorga oidligini ularning aktsiyalarini jozibadorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lashadi. Fikrimizcha, korxonalarning bozorga oidligi aktsiyalarni jozibadorligiga qaraganda keng mazmunda bo‘lib, ulardan tashqari yana korxonalarning pul mablag‘lari harakati va ulardan oqilona foylalanishni ham o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan korxonlarning bozorga oidligini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilish lozim: 1. Korxonalarning aktsiyalarini jozibadorlik ko‘rsatkichlari Bu ko‘rsatkichlar korxonalarni bozor iqtisodiyotiga kirishini, bozor tizilmalarida qatnashishini, tashqaridan investorlarni, aktsiya oluvchilarni o‘z faoliyatiga jalb qilinishini ifodalaydi. Buning uchun korxonalar o‘z aktsiyalariga divident berish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim. Undan tashqari korxona aktsiyalarining bozor narxi ularning nominal narxidan baland bo‘lishini ta’minlash kerak. Bularning hammasini e’tiborga olish uchun quyidagi bozorga oidlik ko‘rsatkichlarini tahlil etish maqsadga muvofiq 1. Bitta aktsiyaning potentsial, daromadliligi = Korxonaning bir aktsiyasiga sof foyda Bitta aktsiyaning bozor narxi 2. Bitta aktsiyaning haqiqiy daromadliligi = Bitta aktsiyaga dividend summasi Bitta aktsiyaning nominal narxi 3. Bitta aktsiya kurs bahosining o‘zgarish koeffitsienti = Aktsiyaning sotuv bahosi – Aktsiyaning sotib olish bahosi Bitta aktsiyaning nominal narxi 4. Aktsiyalar bo‘yicha to‘langan dividendlarning salmog‘i = Barcha to‘langan dividendlar summasi Korxonaning sof foydasi Aktsiya egalari korxonaning sof foydasidan dividendlar uchun ajratilgan qismi, aktsiyalarning biror bahosini oshib borishi, dividend stavkalari bilan qiziqadilar. Bu savollarni hammasiga yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar to‘liq javob beradi. Bu ko‘rsatkichlarning darajasi va ularning o‘zgarishi 18-jadvalda berilgan. Ko‘rinib turibdiki, korxona aktsiyalari jozibadorligi yuqori darajada. Korxona 100 ming so‘mlik aktsiyalarni chiqargan. Bitta aktsiyaning ham potentsial, ham haqiqiy daromadlilik darajasi va aktsiyalarning bozordagi bahosi oshib bormoqda, 74 taqsimlash uchun ajratilgan foyda ko‘paymoqda. Demak, korxona aktsiyalarining jozibadorligi uning moliyaviy holatni yaxshilashda asosiy omillardan biriga aylangan. Korxonalarda ishlab chiqarish to‘g‘ri tashkil qilinsa, yuqorida ko‘rilgan ko‘rsatkichlarning hammasi oshib boradi. Lekin amaliyotda ular yoki oshadi, yoki kamayadi, ba’zi birlari oshsa, boshqalari kamayadi. Shu sababli korxona aktsiyalarining jozibadorligi tahlil etilganda, asosiy vazifa bu ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida umumiy yo‘nalishni aniqlashdan iborat va shunga qarab bu ko‘rsatkichlarni kelgusida ko‘tarish yo‘llarini aniqlash kerak. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling