Nominal daromat-ma`lum bir davr mobayaida narxi dinamikasini inobatga olmaydigan daromadlarning pul summasi. Renta
Download 5.01 Kb.
|
Документ (16)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modernizatsiya
- Nominal daromat
Daromad-keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o’z faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. D. pul va moddiy shaklga ega boʻlib, ularning yigʻindisi jami D.ni hosil qiladi. D. egalik nuqtai nazaridan aholi D.i, korxona (korporativ) D.i va davlat D.iga boʻlinadi. Aholiga tegadigan D. ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend shakllariga ega (qarang Aholi daromadlari, Davlat byudjeti, Yalpi milliy mahsulot). Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzchadan moderne — „eng yangi“, „zamonaviy“) — biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq oʻzgartirish. M.Modernizatsiyada mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi. Aksiya (nemischa: Aktie; niderlandcha: Actie; lotincha: actio — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz. Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi Nominal daromat-ma`lum bir davr mobayaida narxi dinamikasini inobatga olmaydigan daromadlarning pul summasi.Renta-keng maʼnoda — mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasdan yer, mol-mulk, kapitaldan muntazam oladigan daromadi; ssudaga berilgan kapitaldan foiz, yer egalarining ijaraga berilgan yer uchastkasidan, uy-joy egalarining ijaraga berilgan binolardan muntazam oladigan daromadi. Tor maʼnoda R. — qatʼiy daromadli pul kapitali va qimmatli qogʻozlar egalari foiz shaklida oladigan daromad. Aksariyat hollarda R. tushunchasi yerni ijaraga berish natijasida olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi (qarang Yer rentasi); 2) sugurta polney boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan sugʻurtalangan shaxsga har yili toʻlanadigan pul summasi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling