Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati
Debitorlik, kreditorlik qarzlari ko‘rsatkichlari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI
3. Debitorlik, kreditorlik qarzlari ko‘rsatkichlari
Bozor munosabatlari davrida debitorlik va kreditorlik qarzlarining tutgan o‘rni tubdan o‘zgaradi. Sobiq Ittifoq davrida korxonalarning faoliyati markazlashtirilgan bo‘lib, butun korxonalarning faoliyat muammolari markazlashtirilgan boshqaruv orqali yechilar edi. Korxonalarni resurslar bilan ta’minlash davlat limitlari bilan, mahsulot ishlab chiqarishga xalq xo‘jalik rejalari bilan, mahsulotlarni sotish davlat tomonidan tasdiqlangan mintaqalararo, respublikalararo, tarmoqlararo kooperatsiyalashtirish rejalari bilan aniqlanardi. Natijada debitorlik va kreditorlik qarzlar alohida korxonalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmay, tashqi, xalq xo‘jaligi aloqalari va muammolari bilan aniqlanar edi. Bozor munosabatlari davrida korxonalarga formal emas, real iqtisodiy mustaqillik beriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunida ta’kidlanganki, bozor munosabatlari shakllanish paytida «Davlat korxonalarga javob bermaydi», «Korxonalar davlatga javob bermaydi». Korxonalar o‘z vaqtida tasdiqlangan soliq va to‘lovlarni berib turishi kerak. Davlat esa ilgarigi dotatsiya va subsidiyalarni kamaytirib, korxonalar ustidan umumiy boshqaruvni saqlaydi. Bu vaziyatda debitorlik va kreditorlik qarzlar korxonalarning bozorga oidligini ifodalovchi katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlarga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘zining maxsus buyrug‘i bilan debitorlik va kredi- torlik to‘g‘risidagi hisobotni moliyaviy tahlilning asosiy moliyaviy manbalaridan biri sifatida tasdiqlagani tasodifan emas. Debitorlik qarz — «boshqalarning menga qarzi», kreditorlik qarz — «mening boshqalarga qarzim» deb ifodalash mumkin. Debitorlik va kreditorlik qarzlar korxonalararo iqtisodiy aloqalarni, o‘zaro hisob-kitoblarni ifodalab, ular bozor munosabatlari davrida korxonalarning ishlab chiqarishga, moliyaviy holatiga, bozorga oidligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biriga aylanadi. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida ilgari shakllangan korxonalararo iqtisodiy aloqalar tarqalib ketdi. Bu aloqalarni yangi shart-sharoitlarda yangichasiga tubdan o‘zgartirib shakllantarish zaruriyati paydo bo‘ldi. Natijada korxonalararo aloqalar murakkablashdi va debitorlik-kreditorlik qarzlar ko‘paya boshladi, ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammoga aylandi. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy holatini yaxshilash, xalq xo‘jaligidagi 77 iqtisodiy hisob-kitoblarni tezlashtirish, bu borada korxona va tashkilotlar rahbarlari javobgarligini oshirish maqsadida 1994 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq xo‘jalikda hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borishda korxona va tashkilot rahbarlarining javobgarligini oshirish to‘g‘risida», 1996 yil 24 yanvarda «To‘lov intizomini va o‘zaro hisob-kitoblarni mustahkamlash to‘g‘risida», 1997 yil 11 martda «Qishloq xo‘jaligida hisob-kitob tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmonlari qabul qilindi. Demak, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil etishga alohida e’tibor qaratish lozim. Debitorlik qarzlari — korxonalar mablag‘laridan bir qismini ularning faoliyatidan chetga chiqarish, ularning moliyaviy holatini og‘irlashtirish hisoblanadi. Debitorlik qarzlari korxonalarning naqt pulga va moddiy aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini chegaralaydi. Bu ehtiyojlarni qoplash uchun korxonalar tashqi mablag‘larni safarbar etishga majbur bo‘ladilar. Debitorlik qarzlarning ko‘payib borishi korxona aylanma mablag‘larining aylanishini sekinlashtiradi. Demak, moliyaviy holatini og‘irlashtiradi. Respublikada 1997 yildan boshlab qabul qilingan buxgalteriya balansiga binoan debitorlik qarzlar o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: sotib oluvchilar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar; avans (bo‘nak) to‘lovlar; budjet bilan hisob-kitoblar; korxona xodimlari bilan hisob-kitoblar; shu’ba korxonalar bilan hisob-kitoblar; assotsiatsiya qilingan korxonalar bilan hisob-kitoblar; ta’sis etuvchilar bilan hisob-kitoblar; boshqa debitorlik qarzlari. Kreditorlik qarzlari tarkibiga qabul qilingan buxgalteriya balansida ko‘rsatilganidek quyidagilar kiradi: mol yetkazib beruvchilarga qarzlar; budjet bo‘yicha qarzlar; mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar; ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha qarzlar; mulkiy va shaxsiy sug‘urtalar bo‘yicha qarzlar; budjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha qarzlar; shu’ba korxonalariga qarzlar; uyushma korxonalariga qarzlar; boshqa kreditorlarga qarzlar. Kreditorlik qarzlar ham korxonalararo hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazmaslik natijasida paydo bo‘ladi. Lekin kreditorlik qarzlar mablag‘larni korxonalar faoliyatidan tashqariga chiqarish emas, aksincha, korxonalar faoliyatiga boshqa korxona va tashkilotlarning mablag‘larini jalb qilish demakdir. Kreditorlik qarzlari — «boshqa korxonalar hisobidan faoliyat ko‘rsatish» desa ham bo‘ladi. Chunki ko‘p korxonalar mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun bank kreditlaridan emas, kreditorlik qarzlaridan foydalanmoqdalar. Demak, kreditorlik qarzlarining ko‘payishi boshqa korxonalarni og‘ir moliyaviy holatga olib kelsa, debitorlik qarzlari ko‘payishi korxonalarning o‘z majburiyatlaridan qutilish imkoniyatlarini kamaytiradi, aylanma mablag‘larning aylanishini susaytiradi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlil etilganda ular hajmining o‘zgarishi- dinamikasi va o‘zaro nisbati aniqlanadi. Bu qarzlarning dinamikasi aniqlaganda ham debitorlik ham kreditorlik qarzlar bo‘yicha muhlatli va muhlati o‘tgan qarzlar alohida tahlil etiladi.Debitorlik va kreditorlik qarzlari o‘rtasidagi nisbat har xil, ularning hajmi esa bir xil bo‘lishi mumkin. Debitorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan, kreditorlik qarzlari esa debitorlik qarzlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. 78 Debitorlik va kreditorlik qarzlarini optimallashtirish muammosi katta ahamiyatga egaligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998 yil 4 avgustda «Debitorlik va kreditorlik qarzlarini solishtirishni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorida tasdiqlangan. Bu qarorda debitorlik ua kreditorlik qarzlarini solishtirish yo‘llari va ularni tahlil qilish uchun foydalanadigan ko‘rsatkichlar tizimi berilgan. «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida dalolatnoma» (20-shakl) va moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanib, bu qarzlar quyidagicha tahlil qilinishi mumkin: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling