Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa kafedrasi qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/48
Sana04.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1324709
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
Qodirov M Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi (1)

 
 
10-MAVZU 
Aflotunning borliq, bilimlarning mohiyati va turlari haqidagi 
qarashlari 
 
 
Reja
1. Aflotun falsafasining shakllanishi. 
2. Aflotunning g‘oyalar dunyosi haqidagi idealistik falsafasi. 
3. Aflotunning ijtimoiy siyosiy qarashlari.
 
 
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarda
Aflotun falsafasiga oid tushuncha va tasavvurlar hosil qilish
Aflotun falsafasi bilan boshqa ta’limotlarni qiyosiy tahlil qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirish. 
Mavzuning tayanch tushunchalari: 
Aflotun Akademiyasi, «g‘oyalar dunyosi», «g‘oyalar piramidasi», 
dialektika, «Ideal davlat».
 
Hayoti: Aflotun miloddan avvalgi 427-347 yillarda 
yashagan. U Kodr deb atalmish shoh urug‘i naslidan 
kelib chiqqan hamda o‘zining kelib chiqishi bilan juda 
mag‘rurlangan. 
Asarlari: «Bazm», «Fedon», «Teetet», «Davlat», 
«Parmenid», «Sofist». 


Ta’limoti: Aflotun uch marta Janubiy Italiyaga, Sisiliyaga, Sirakuzga sayohat 
qiladi, u yerdagi pifagorchilar ittifoqi bilan hamkorlikda quldor aristokratiyasini 
quvvatlab ish ko‘radi, yana Afinaga qaytib keladi. Afinada afsonaviy qahramon 
Akademga bag‘ishlangan Parakda bog‘ida o‘z shogirdlariga dars beradi. Shu 
tarzda qadimgi faylasuflarning bosh muassasasi Akademiya tashkil qilinadi.
Aflotun avval Kratildan, keyin Suqrotdan ta’lim olib, o‘z falsafiy 
sistemasini asoslaydi. O‘zining mashhur dialoglarida o‘z dunyoqarashini
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy nuqtai nazarini bayon qiladi. Aflotun o‘zigacha 
bo‘lgan barcha falsafiy-idealistik fikrlarni jamlab, o‘zining yangi falsafiy 
sistemasini shakllantiradi (1-ilova).

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling