Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/160
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#233559
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

«Qutadg‘u bilik» («Baxtli bo‘lish to‘g‘risida bilim») asari bo‘lib, u 1069 yilda yozilgandir. 

«Qutadg‘u bilik» didaktiv tipdagi asar bo‘lib, ham lingvistik ham tarixiy jihatdan katta ahamiyatga 

egadir. 

Yusuf Xos Hojib Bolasag‘un (hozirgi Qirg‘izistonga qarashli To‘qmoq) shahrida tug‘ilib o‘sdi, bir 

necha tillarni o‘rganib, o‘z zamonasining madaniyatli, dono olimlaridan biri sifatida mashhur bo‘ldi. Yusuf 

Xos  Hojibning  asari  qadimgi  o‘zbek  tili  va  adabiyoti  tarixida  katta  ro’l  o‘ynagani  kabi,  tarjima  tarixini 

o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunonchi,  avtor dehqonchilik hunarmandchilikka oid juda ko‘p 

terminlarni  ishlatadiki,  bularning  qaysi  tillardan  kirib  kelganligi  va  tarjima  etilganini  aniqlash 

tilshunoslarimiz zimmasiga  tushadigan   vazifalardan Qoraxoniylar davrida Narshaxiyning Buxoro tarixiga 

oid asari 1128 yilda Abu Nosir Ahmad bin Muhammad al Quvayi tomonidan tarjima etildi. 

XI asrda turk urug‘laridan saljuqiylar Eronni istilo qildilar. «G‘aznaviylar davrining vayronasi ustida 

saljuqiylar  davlati  tashkil  topdi».  Saljuqiylar  davlati  Sulton  Sanjar  (1118—1157)  davrida  yana  kuchayib, 

qoraxoniylarga    ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turdi.    

Sanjar  1130  yilda  Samarqandni  ham  qamal  qilib  olgan  edi.  Saljuqiylar  davrida  huquqshunoslikka 

doir bir qancha asarlar vujudga keldi. Tarjimon Marvaziy bir qancha shunday asarlarni arab tilidan forschaga 

ag‘dargan edi. 

Saljuqiylar davrida yozilgan «Nasixatul-muluk» (Podshohlarga nasihat) asari fors tilidan arabchaga 

tarjima etilgan edi. Bu asar saljuqiy sultoni Muhammad bin Malikshohga atalib yozilgan bo‘lib, kitob avtori 

505/1111  yilda  o‘lgan  Abu  Homid  Mu-hammad  bin  Muhammad  al-G‘azzoliy  edi.  G‘azzoliy  nasihatlar 

yozib, ularni badiiy yo‘sinda, turli-turli latifalar, hikoyalar orqali berdi. Keyinchalik  asark o‘zbek tiliga ham 

tarjima etildi. 

XII  asrning  boshlarida  Sharqdan  qoraxitoylilar  degan  istilochilar  kelib,  saljuqiy  va  qoraxoniylarga 

qarshi hujum boshladilar. Ular 1138 yilda Samarqanddan Mahmudni haydab, 1141 yilda esa saljuqiylarning 

so‘nggi  sultoni  Sanjarni  tormor  qildilar.  1172  yilda  qoraxitoylilar  Xorazmni  ham  olgan  edilar.  Lekin  bu 

uzoqqa  bormadi.  Xorazmshohlar  dinastiyasi  kuchayib  ketdi.  Otsizning  nabirasi  Tekish  davrida  Xorazm 

territoriyasi  ikki  marta  ko‘paydi.  Sharqiy  Eron,  Iroq  ham  Xorazmshohga  qaragan  edi.  Muhammad 

Xorazmshoh  1210  yilda  qoraxitoylarni  tormor  qildi.  Movarounnahr  ham  unga  vassal  bo‘ldi.  Muhammad 

Xorazmshoh o‘zini «Ikkinchi Iskandar» laqabi bilan atadi. Bu davrda tarjima etilgan kitoblar «qaqida aniq 

ma’lumot yo‘q. 

1247 yilda vafot etgan Alouddin Abdurahim bin Umar bin Muhammad at-Tarjumoniy  «Yatimatut-

dahr fi fatoviyi ahlil-asr» (Zamon ahlining fatvolari haqidagi zamonning eng yirik durlari) degan kitobni arab 

va  qadimiy  Xorazm  tilida  yozdi.  Bu  kitob  qonunlar  haqid,  yuridik  masalalarga  taalluqli  bo‘lib,  lingvistlar 

uchun  qadim  Xorazm  tilini  o‘rganishda  boy  material  beradi.  Buning  ikki  tilda  yozilishi  tarjimashunoslarni 

qiziqtiradi. Avtorning taxallusi «Tarjumoniy» bo‘lishi qiziq faktlardan biridir, u balki original asar yozishdan 

tashqari,  boshqa  kitoblarni  ham  tarjima  qilgandir.  Bu  kitob  qanday  qilib  Chingiz  xonlaridan  eson-omon 



 Tarjimashunoslik 


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling