Toshkent davlat yuridik universiteti davlat va huquq nazariyasi


Download 140.27 Kb.
bet7/16
Sana07.05.2023
Hajmi140.27 Kb.
#1440583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Nurullayev Ibratbek bitiruv malakaviy ishi tayyor holatda

Hokimlik apparati yig‘ilishi hokim tomonidan, zaruratga qarab har oyda bir necha marotaba o‘tkaziladi. Yig‘ilishda apparatning 20 kunlik faoliyatiga yakun yasaladi va kelgusi vazifalar belgilanadi. Apparat yig‘ilishi kun tartibi tasdiqlangan ish rejaga asosan belgilanadi. Yig‘ilishda qoida tariqasida quyidagi masalalar muhokama etiladi:

  • ish rejalarda belgilangan tadbirlarning ijrosi;

  • ijro intizomining ahvoli;

  • fuqarolarning murojaati bilan ishlashning holati-kadrlar bilan ishlashning holati;

Apparat yig‘ilishida hokimlik tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, majlislar, qabul qilinadigan qarorlar, yig‘ilish bayonlari va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash, qabul qilingan qarorlar va berilgan topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Hokim o‘rinbosarlari va mutaxassislarining hisobotlari eshitiladi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi. Apparat yig‘ilishining bayoni umumiy bo‘lim tomonidan yuritiladi va yig‘ilishdan so‘ng 1 kunlik muddatda imzolash uchun hokimga taqdim etiladi. Bayon hokim tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 1 kunlik muddatda hokimlik apparatining barcha tarkibiy bo‘linmalariga yetkaziladi. Apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar umumiy bo‘lim tomonidan nazorat qilinadi va monitoringi yuritiladi. Ijrosi to‘g‘risidagi axborot kelgusi apparat yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; - hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Bu vazifalar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlarining birga amalga oshiradigan vazifalaridir. Ularning vakolatlari shu vazifalardan kelib chiqadi. Qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari oldida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bu borada mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar (sud hokimiyati, prokuratura, nazorat inspeksiyasi, ichki ishlar organlari, adliya va boshqa organlar) bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari bu sohada o‘z vakolatlarini amalga oshirish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir xil munosabatda faoliyat ko‘rsatishi bilan birga ularning ishlarini muvofiqlashtirib turadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonuniylikni ta’minlash uchun fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish sohasida kuchli va keng faoliyat olib borishlari kerak bo‘ladi.
Qonuniylik, huquq-tartibotini muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalar huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari bu sohada asosan o‘z vazifasidan kelib chiqib tegishli hudud aholisining irodasini ifodalab huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘ziga xos munosabatlar o‘rnatadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonuniylikni ta’minlash sohasida ijtimoiy muhitni yaxshilash, vakillik organlari vositasida bu sohadagi ishlarni nazorat qilish, aholining bu sohaga doir fikrini shakllantirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati yo‘nalishini muhim masalalarga qaratish kabi ishlarni amalga oshiradi. Shu bilan birgalikda, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-apreldagi 180-sonli qaroriga binoan, tegishli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirishda va ularning ijtimoiy-maishiy ta’minotida yordam ko‘rsatish jarayonida qatnashishni ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda shahar va tuman hokimliklari huzurida jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus komissiyalar tashkil etilgan1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududida qonuniylikni, huquq tartibotni mustahkamlash, fuqarolarning havfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash choralarining umumiy yo‘llarini, tadbirlarini ishlab chiqadi va shu tadbirlarni bajarilishini nazorat qiladi2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirishga rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish munosabati bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarni rejalashtirish tubdan o‘zgardi. Hokim hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqadi va bu masalalarni Kengash tasdig‘iga kiritadi. Mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududida sanoat, qurilish, aloqa vositalari, qishloq xo‘jaligi, aholiga turli xizmat ko‘rsatish sohalari, ijtimoiy sohalarga, madaniy sohalarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Shu idoralarning rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi, lavozimidan ozod qiladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va hisobotini eshitadi.
Xususan, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘illikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida3”gi Prezident qarori imzolandi. Ushbu qarorga asosan
2022-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir qishloq, shaharcha, ovulda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tuman va shahar hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etildi. Ushbu qaror orqali hokimlarning faoliyatini yanada mustahkamlash, ularning har bir mahalladagi xonadonlarga kirib borishi va ularning ahvolidan xabar olishi, aholi daromadlarini yanada o‘stirish masalalaridagi pozitsiyasi kengaydi.
Quyidagilar hokim yordamchilarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, jumladan, aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish;

  • mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash;

  • doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta'minlashga yordam berish;

  • mahalladagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini hamda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

  • mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan, ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda ko‘maklashish;

  • mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shug‘ullanish tajribasiga ega bo‘lmagan fuqarolarni o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ularga biriktirish;

  • aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;

  • mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi kooperativiga a'zo bo‘lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to‘lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishi uchun subsidiyalar olishda ko‘maklashish;

  • mahalladagi bo‘sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik sub'yektlariga ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;

  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish1.

Bundan tashqari barcha vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari hokim yordamchilariga ularning vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berish uchun shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari-hokimliklar boshqarmalar, bo‘limlar va boshqa bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularning strukturasi, tashkil etish tartibi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq depututlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi. Tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va o‘zgartiriladi. Mahalliy ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan, sessiyalar oralig‘idagi davrda esa hokim tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi1. “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘illikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida2”gi Prezident qaroriga asosan 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir qishloq, shaharcha, ovulda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari aholi ichiga kirib boradi va o‘z vakolatlari doirasida aholining ijtimoiy sohasini yanada mukammalroq va sifatliroq o‘rganib hududda aholi daromadlarini oshirish choralarini ko‘radi va bu bo‘yicha tegishli hokimlarga hisobotlar berib boradi.
Fikrimizcha, hokimlik institutining o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash maqsadga muvofiq deb topildi: birinchidan, hokimlik instituti davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarining quyi bo‘gini; ikkinchidan, boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan o‘zaro ta’sir etish funksiya va vakolatlariga ega; uchunchidan, barcha huquq subyektlari uchun majburiy bo‘lgan normativ tusdagi qonunosti hujjatlarini ishlab chiqishi; to‘rtinchidan, kompetensiyasining turfa xilligi tufayli umumiy yo‘nalishlardagi mas’ullik.



Download 140.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling