Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Siyosiy iqtisod klassiklari konsepsiyalarining moliyaviy jihatlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
3.2. Siyosiy iqtisod klassiklari konsepsiyalarining moliyaviy jihatlari Asosan, xuddi shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823) ham o‘zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda, barcha soliqlar so‘zsiz ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mo‘ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jam-g‘arilishi qisqaradi yoki soliq to‘lovchining iste’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj predmetlaridan olinadigan soliqlar ular baho-sining o‘sishiga sabab bo‘lib, ular iste’mol qiladigan tovarlar-ning miqdoriga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan proportsiyalarda iste’- molchining gardaniga yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan 24 undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bo‘lmasada, ish haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib keladi. Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda, “soliqlar buyuk zulmdir” degan xulosaga kelgan. Soliqqa tortishning o‘sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning iste’moli pasayadi va bu narsa, oxiroqibatda, ishlab chiqarishda o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham, hukumatning vazifasi kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirishdir. Mamlakatning kelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak. Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning kontseptsiyasini, ko‘p jihatdan, aniqlab bergan edi. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida ilg‘or mamlakatlarning moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xo‘jalik hayotiga dav- latning aralashmasligi printsipini e’lon qilgan edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi. XIX asrda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashu-viga olib keldi. Xuddi shu davrning o‘zida turli sotsial guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda o‘z siyosatini o‘zgarti-rishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchilarning tovushlari eshitila boshlandi. Ingliz olimi J.S. Mill (1806-1873) mamlakatda sotsial keskinlashuvni yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida o‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq taqsimlash uchun u tomonidan oqilona soliq tizimining yangi printsiplari ishlab chiqildi. Hayot kechi- rish uchun zarur sanalgan daromadga teng bo‘lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g‘oyasi aynan unga tegishlidir. J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo‘llab-quvvatlashlar uchun o‘z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari 25 o‘rtasida bog‘liqlikni o‘rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog‘lagan. Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimiz-da esa bu nazariya amerikalik iqtisodchi- olim P.Samuelson qa-rashlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. U, soliqlar- ning o‘sishi davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan kuzatilishi kerak, deb hisobladi. Shveytsariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xo‘jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan, protektsionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bo‘yicha ingliz yuqori bojxona bojlari) qarshi qaratilgan bo‘lib, bunday siyosatni u «millatga ziyon etkazuvchi siyosat» deb hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni yaratish borasidagi protektsionizm siyosatining ijobiy tomonlarini ko‘ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ra-vishda katta ahamiyat kasb etib borayotgan o‘sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini etarlicha baholay olmadi. Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab paydo bo‘ldiki, uning boshlanishi nemis olimlarining (G.Shmoller, M.Veber, A.Vagner va boshqalar) nomlari bilan bog‘liq. Davlat moliyasini tadqiq qilish bilan ko‘proq A.Vagner shug‘ullanib, u davlatning yordami bilan kapitalni jamg‘arishning o‘z echimini taklif etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, sotsial- madaniy va investitsion) ko‘lamini kengaytirish nuqtai nazaridan muammoni hal etishga yondashib, u soliqqa tortishning to‘qqiz printsipini ishlab chiqdi va ularni quyidagi guruhlarga birlashtirdi: - etarlilik va harakatchanlik; - kerak bo‘ladigan manba va ob’ektni tanlash; - eng umumiylik va tenglik; - aniqlik, qulaylik, arzonlik. 26 Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur printsiplarini to‘ldirdi. Klassik burjua siyosiy iqtisodidan so‘ng A.Vagner, mamlakatda boylik va daromadlarni adolatli taqsim-lashga erishish uchun davlat moliyadan foydalanishi mumkin deb hisobladi. Moliyaviy muammolar – markschilar asarlarida. XIX asr-ning o‘rtalaridan uning oxirigacha moliya fani marksistik ta’li-motning ta’siri ostida bo‘ldi. Kapitalizm sharoitida moliyaning mohiyati, ayrim moliyaviy kategoriyalarning ahamiyati K.Marks (1813-1883 yillar) va F.Engels (1820-1895 yillar) tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat moliyasi masalalariga bag‘ishlangan maxsus katta ishlar ularda bo‘lmasada, shunday bo‘lishiga qaramasdan kapitalizmning juda ko‘p moliyaviy muammolari ularning qator asosiy asarlarida, jumladan: “Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va XIX asrning o‘rtalaridagi ingliz byudjetlari, 1840 yillardagi pruss va frantsuz byudjetlarining tavsifiga bag‘ishlangan ko‘p sonli maqolalarida o‘z aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bo‘lgan davrdagi davlat byudjetlarining sinfiy xususiyatini, davlat xarajatlarining unumsiz, xalqqa qarshi xususiyatini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan bog‘langanligini ko‘rsatdi. Kapitalning dastlabki jamg‘arilish metodlarini tadqiq qilib, ularning safiga birinchi navbatda, moliyaviy metodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan ana shu metodlar kapital jamg‘arilishining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minladi, kapitalistik ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi. K.Marks va F.Engels eng muhim moliyaviy kategoriya hisoblangan soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini o‘rganib, soliqlar barcha mehnatkashlar uchun qo‘shimcha ekspluata-tsiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab keldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.Marks to‘g‘ridan-to‘g‘ri (be-vosita) soliqlarga, eng avvalo, daromad solig‘iga ustuvorlik bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining himoyachisi 27 sifatida maydonga chiqdi. Eng og‘ir bo‘lgan egri (bilvosita) soliqlarni “kekirtakdan oladigan” progressiv soliqlar deb atadi. Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, byudjetning asosiy masalasi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig‘i (profitsiti yoki defitsiti) masalasidir, deb e’tirof etdi. Aynan ana shu qoldiq soliqqa tortish-ning qisqarishi yoki kengayishini aniqlab beradi. Biroq moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va protektsio-nizm) ta’siri ostida amalga oshiriladigan kapital jamg‘arili-shining oshib borishi bilan ishchilar sinfining ahvoli og‘irlashib boradi, degan K.Marksning tasdig‘i e’tirozga muhtojdir. U foyda, foiz, renta va ish haqi o‘rtasidagi nisbatning davlat va uning moliyasi yordamida o‘zgartilishi imkoniyatini inkor etgan edi. Ortiqcha ishlab chiqarishning tsiklik tanazzullari tahlilida davlatning iqtisodiy, shu jumladan, moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi mumkinligiga yo‘l qo‘ymadi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari foydalilikning cheklanganligi nazariyasining tarqalganligi bilan tavsiflanadi. Bu nazariya marksistik ta’limotga qarshi aks ta’sir samarasi o‘laroq maydonga kelgan edi. Bu nazariya moliya sohasiga ham aloqadorlik kasb etdi. Uning vakillari, o‘z baholashlaridagi katta farqlarning mavjud bo‘lishiga qaramasdan, mehnatning qiymat nazariyasiga qarshi chiqdilar va uni sotib oluvchilarning xohishistaklari yordamida aniqlanadigan baholar tahlili bilan almashtirdilar. Muhim moliyaviy kategoriyalar bo‘lgan davlat xarajat-lari va soliqlar ular tomonidan davlat va xususiy shaxslar o‘rtasidagi ko‘p sonli individual bitimlar sifatida talqin qilindi. Bir vaqtning o‘zida, ularning fikricha, davlat xizmatlarining cheklangan foydaliligi soliqlarning cheklangan foydaliligi bilan hamnafas bo‘lmog‘i lozim edi. Birinchi jahon urushiga qadar iqtisodiy fan, asosan, tad-birkorlik erkinligi printsipiga tayangan holda, davlat va uning moliyasini mamlakat iqtisodiyotiga aralashuviga nisbatan qarshi turdi. Ishlab chiqarish va taqsimlashni davlat tomonidan tartibga solish faqat Birinchi jahon urushi yillaridanoq amalga oshirila 28 boshlandi. Jahon iqtisodiy tanazzuli yillariga (1929-1933 yil-lar) kelib bu jarayon yanada kuchaydi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling