Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
3.3. Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi Ingliz iqtisodchisi J.M.Keynsning (1883-1946 yillar) iqtisodiy nazariyasi davlat tomonidan tar-tibga solishda kapitalistik ishlab chiqarishning ehtiyoji sifati- da vujudga keldi hamda u moliyaviy kontseptsiyani shakllantirishga va moliyaviy siyosatni ishlab chiqishga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Keynscha tavsiyalar, uning turli xildagi modifikatsiyalari bilan birgalikda, uzoq yillar davomida turli davlatlarning amaliyotida foydalanildi. J.M. Keyns moliyaviy kontseptsiyasining asosida “samarali talab” g‘oyasi yotadi. Iqtisodiyot 1929-1933 yillardagi og‘ir tsiklik tanazzulni boshdan kechirayotgan bir paytda J.M. Keyns o‘zining nazariyasini “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida (1936 yil) bayon etib, maydonga chiqdi. Unda beqaror rivojlanish sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi asoslab berildi. Moliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda, davlat xa-rajatlari ana shunday aralashuvning instrumentlari hisoblani-shi kerak. Ularning shakllanishi, tarkibiy tuzilmasi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishning muhim omillari bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining o‘sishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning ko‘payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin. Bu maqsadga erishish uchun, muallifning fikricha, davlat fa-qat o‘z xarajatlarining darajasini oshiribgina qolmasdan, balki shaxsiy va investitsion iste’molga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi kerak. J.M. Keyns soliqlar va ularning asosiy “psixologik qonun”ga ta’siri masalalariga alohida ahamiyat bergan. Ana shu “qonun”ga muvofiq, insonlar o‘z iste’mollarini oshirib borishga moyildir. Lekin bu moyillik ular daromadlarining oshganchalik darajasida emas. Bu narsa, o‘z navbatida, tovarlarga bo‘lgan talab- 29 ning pasayib ketishiga va ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Davlat ana shunday “qonun”ning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi hamda soliq tushumlari, qarzlar hisobidan o‘z xarajatlarini oshirish yoki turli metodlar orqali xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish yo‘li bilan etmayotgan talabni to‘ldirishi kerak. J. Keyns “Bandlikning umumiy nazariyasi, foiz va pullar” asarida (1936) ishlab chiqarishning pasayishi va ishsizlikning ortishi sabablarini tadqiq qildi. U bu sabablarni shaxsiy iste’mol va mahsulot ishlab chiqarish uchun iste’mol talabining etishmasligida ko‘rgan. Uning fikricha, bu kabi etishmovchilik daromad o‘sib borishi bilan foydali tovarlarga bo‘lgan talabning ortish sur’ati pasayishi bilan bog‘liq: odamlarda “iste’molga moyillik” kamayadi va “jamg‘arishga intilish” kuchayadi. J.Keyns ta’kidlashicha: “Asosiy psixologik qonun... shundan iboratki, daromadlari ortib borishi bilan odamlar o‘z iste’molini oshirishga moyil bo‘ladi, lekin bu daromadlari o‘sib borayotgan darajada bo‘lmaydi”. Keynsning fikricha, davlatning asosiy vazifasi daromadlar ko‘payishiga olib keladigan “samarali talab”ning yuqori hajmini ta’minlashdan iborat. To‘rtinchi tamoyil: samarali talab siyosati milliy xo‘jalikni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ilmiy makroiqtisodiy modellarga asoslanadi. J.Keyns iqtisodiy nazariyaga yangi sifat berdi. Bu, xususan, narx tizimining o‘z-o‘zidan tartibga soluvchi rolining bu jarayonning sonini hisobga olmasdan, faqat nazariy tahlilga qaratilgan klassik siyosiy iqtisodning fonida sezilarli. Keynschilik milliy iqtisodiyotning ekonometrik tahlilida “birinchi sahifa”ni ochdi. Uning arsenalida eng muhim maMavzutik vositalar va texnikalar mavjud edi. Birinchi marta umumlashtirilgan iqtisodiy qadriyatlar butun milliy iqtisodiyotni qamrab olgan holda qo‘llanila boshlandi. Mustaqil o‘zgaruvchanliklar aniqlandi, ular davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qila olmaydilar (aholining iste’mol qilish va to‘planish tendentsiyasi, foiz stavkasi va boshqalar). Mustaqil o‘zgaruvchilardan (ishsizlik miqdori, milliy daromad va boshqalar) ta’sir ko‘rsatadigan qarab o‘zgaruvchilar aniqlanadi. Keyns ommaviy ishsizlikning muqarrarligini tan olmadi va milliy miqyosda 30 tartibga solinadigan milliy iqtisodiyotning mumkin va zarurligiga ishondi. U makroiqtisodiy o‘zgaruvchanlarning umumiy miqdordagi miqdoriy aloqalarini - yalpi investitsiyalar va milliy daromadlarni o‘rganib chiqdi; investitsiya va ish bilan ta’minlash; milliy daromad, iste’mol va jamg‘arma; muomaladagi jami pul miqdori, narxlar darajasi, ish haqi, daromad va foizlar. Keyns mavjud bo‘lgan iqtisodiy tizim ichida hukumat tomonidan nazorat qilinishi yoki boshqarilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchan narsalarni topishga harakat qildi. U tabiatan mumkin bo‘lgan va iqtisodiy prognozlash uchun zarur bo‘lgan “kutilgan toifalar” (kutilgan foyda, prognozdagi ishlab chiqarish narxlari, narxlarda kutilayotgan o‘zgarishlar, pul mablag‘lari, foizlar va boshqalar) dan keng foydalangan. Shunday qilib, J.M. Keyns ishlab chiqarishning monopolla-shuvi sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga yo‘naltirilgan va printsipial jihatidan yangi bo‘lgan moliya nazariyasini ishlab chiq-qan. 1970 yillarga qadar sanoati taraqqiy etgan ko‘pgina mamla-katlar moliyaviy siyosatining asosini tartibga solish keynscha na- zariyaning boshlang‘ich nuqtalari tashkil etdi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling