Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Neokeynschilar nazariyalarining moliyaviy jihatlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
3.4. Neokeynschilar nazariyalarining moliyaviy jihatlari
J.M. Keynsning izdoshlari o‘tgan asrning 50-60-yillarida uning nazariyasiga dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy o‘sish nazariyasini yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada ko‘pgina mamlakatlarning iqtisodchilari (AQShdan – A.Xansen, S.Xarris; Buyuk Brita-niyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, A.Pikok; Frantsiyadan – F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy kontseptsiya muhim o‘rin egallaydi. Ular fiskal antitsiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga etkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi o‘zgarishlarga borib taqaladi. Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “defitsitli moliyalashtirish” g‘oyasini himoya qildilar. Ular davlat qarzlarining o‘sishini 31 inobatga olmagan (davlat qarzlarini o‘sishi bilan hisoblashmagan) holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik ahamiyat kasb etgan katta miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchi-olimlarning ma’lum bir guruhini, shu jumladan, Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal, G.Myurdal va boshqalar), byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni tsiklik balanslashtirish”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy tsiklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy tanazzul paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o‘sish davridagi ortiqchalar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari tsiklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag‘lari iqtisodiyotning o‘si-shi davrida to‘ldirilgan va ishlab chiqarishning iqtisodiy qisqa- rishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan. Xo‘jalikni rag‘batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat byudjetidan faolroq foydalanish borasidagi neokeynschilarning talablari “tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasida o‘z aksini yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning asosida “soliq stabilizatorlari” to‘g‘risidagi keynscha qarashlar yotgan edi. J.M. Keynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” tsiklik tebranishlarni tartibga solib, ularni biroz yumshatib va ularda ma’lum bir o‘zgaruvchanlikni ta’minlab, avtomatik tarzda amal qi-lishi kerak edi. Neokeynschilar uni “boshqariluvchan stabilizatorlar” bilan, ya’ni yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda davlatning doimo o‘zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan to‘ldiradilar. Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda yangi keynschilarning nazariyalari bilan bir qatorda davlat tomonidan tartibga solishni cheklash orqali erkin tadbir- korlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi yangi mumtoz nazariyalar ham jonlandi. Yangi mumtoz maktabning nazariyotchilari (AQShda R.Slou, J.Kenrik; Buyuk Britaniyada – A.Robbins, J.Mid) iqtisodiyotga davlatning aralashmasligi asosiy printsipini himoya qilib, bir vaqtning o‘zida maorif va fanga sarf qilinadigan xarajatlar salmog‘ini oshirish orqali ularning tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirib, davlat 32 xarajatlari umumiy hajmining qisqartirilishini yoqlab chiqdilar. Shuningdek, “inson kapitaliga investitsiyalar”ga alohida e’tibor qaratildi. Bir vaqtning o‘zida, soliqlarning darajasini pasaytirish taklif etildi va defitsitsiz byudjetga erishilishi talab qilindi. Takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi va inflyatsiya tendentsiyalarining kuchayishi bilan iqtisodiy qiyinchiliklar uchun javobgarlik yuklatilgan keynschilik va yangi keynschilik qoidalarini tanqid qilish ham kuchaya bordi. Ana shunday murakkab iqtisodiy vaziyatda yangi mumtoz maktabdan “taklif iq-tisodiyoti” nazariyasini ishlab chiquvchi yangi konservativ yo‘nalish (AQShda – G.Steyn, M.Ueydenbaum; Buyuk Britaniyada – J.Xau, A.Uolters) ajralib chiqdi. Bu yo‘nalishning moliyaviy kontseptsiyasi iqtisodiy o‘sishning jamg‘armalar va jamg‘arma bilan belgilanishiga asoslanadi. Davlat soliq tizimi orqali mamlakatda investitsiyalarning etarliligini ta’minlash uchun jamg‘armalarni shakllantirishda etarli shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning moliya tizimiga ilmiy- texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish vazifasi yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli rag‘batlantirishni ta’minlash biriktirildi. Umumiy tarzda, bu jarayonlarda davlatning ishtiroki minimallashtirildi. Bu nazariya mualliflarining ayrimlari davlatga “kechki qorovul va politsiyachi” funktsiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi. Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti” nazariyasida soliqlarga faxriy o‘rin ajratilgan. Uning vakillari – soliqlarni qisqartirish tarafdori. Biroq soliqlarni antitsik-lik kon’yunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida qaragan keynschilardan farqli o‘laroq, ular jamg‘armalar va investitsiyalarning yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq undirmalarining darajasini pasaytirishni talab etdilar. Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning soliq kontseptsiyasi ham keng tarqaldi. U, grafik model asosida soliqlarning yuqori stavkalari iqtisodiy o‘sishning sur’atlarini pasaytiradi, degan xulosaga keldi. Bu olimning tavsiyalari 1980-1990 33 yillarda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida amalga oshirilgan soliq islo- hotlarining negizini tashkil qildi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling