Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Mas’uliyati cheklangan jamiyat – miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab 
beriladigan ulushlarga bo‘lingan ustav fondiga ega bo‘lgan hamda o‘z 
majburiyatlari yuzasidan o‘z mol-mulki doirasidagina javobgar bo‘lgan jamiyatdir, 
bunda jamiyat qatnashchilari qo‘shgan hissalari doirasida javobgar bo‘ladilar. 
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat – miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab 
beriladigan ulushlarga bo‘lingan ustav fondiga ega bo‘lgan jamiyat bo‘lib, uning 
mol-mulki kamlik qilgan taqdirda jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari 
yuzasidan o‘z mol-mulklari bilan ham, barcha qatnashchilar uchun teng miqdorda, 
qo‘shgan hissalariga monand summada javobgar bo‘ladilar. 
Xo‘jalik shirkatlari – bu shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi bo‘lib, unda 
qatnashchilar mulkiy badallar bilangina emas, balki shaxsiy faoliyatlari bilan ham 
ishtirok etadilar. Xo‘jalik shirkatlari to‘liq va kommandit shirkatlarga bo‘linadi. 
To‘liq shirkatlar – barcha qatnashchilari birgalikda tadbirkorlik faoliyati 
olib boradigan hamda shirkat majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli bor mol-
mulki bilan birdamlikda javobgar bo‘ladigan xo‘jalik shirkatlaridir. 
Kommandit (aralash) shirkatlar – shirkatning majburiyatlari yuzasidan 
o‘zining butun mol-mulki bilan javobgar bo‘lgan bir yoki bir necha qatnashchisi 
bilan bir qatorda, javobgarligi qo‘shgan hissalar summasi doirasidagina 
cheklanadigan bir yoki bir necha qatnashchi (kommanditchi) lar ham bo‘lgan 
xo‘jalik shirkatidir. 
Xususiy korxona - mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va 
boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi
109

 
108
Batafsil: https://www.norma.uz. 
109
O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi109, 2003-yil 11-dekabr 558–II-son Qonuni. 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019 y., 03/19/531/2799-son. 


249 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling