Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Mulkdor - tadbirkor - moliyaviy menejer aloqadorligi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
12.5-rasm. Mulkdor - tadbirkor - moliyaviy menejer aloqadorligi 112 Moliyaviy boshqaruv alohida xodim zimmasiga yuklanganda korxona bilan mazkur xodim o‘rtasidagi munosabatlar shartnomaviy negizda yo‘lga qo‘yiladi. Mulk egasi o‘zi mustaqil ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanganda uning zimmasida quyidagi vazifalar vujudga keladi: − yangi g‘oyalarni topish va ularni baholash; − biznes-rejani tuzish; − mablag‘ yoki investitsiya manbasini topish; − tuzilgan korxonani boshqarish. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bajarishda moliyaviy menejmentni qo‘llash zarur, chunki bu vazifalar moliyaviy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. 112 Yuldashev A. Sirojiddinov I. Xusainov M. Moliyaviy menejment. T.: «Voris-Nashriyot». – 2016. – 19-bet. Mulkdor Mol yetkazib beruvchilar Raqobatchilar Iste’molchilar Moliyaviy menejer Kreditorlar Moliyaviy kompaniyalar Sug’urta kompaniyalari Birjalar Investorlar Tadbirkor Kontrakt Kontrakt 252 Bu holda moliyaviy menejmentning zarurligi quyidagi omillar asosida yuzaga keladi: − o‘zini-o‘zi moliyalashtirishning zarurligi; − bozordagi baholar ta’sirini o‘rganish; − mehnat bozorini o‘rganish lozimligi; − pul bozoridagi o‘zgarishlarni hisobga olish; − korxonaning davlat oldidagi majburiyatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarish. Tadbirkor bilan mulkdor o‘z faoliyatini bir-biridan ajralgan holda olib borganda mulkdor bilan tadbirkor (menejer) o‘rtasida tegishli shartnoma tuzilib, mulkni boshqarish huquqlari va ularga muvofiq majburiyatlar tadbirkor zimmasiga o‘tadi. Tadbirkor korxona faoliyatidagi barcha muammo va masalalarni mustaqil hal etadi va amal qilayotgan qonunlarga asoslangan holda korxonaning nizomiga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Tadbirkorlarning quyidagi huquqlari mavjud: − banklarda hisobraqami va valyuta hisobraqamlarini ochish; − har xil bitimlar va shartnomalar tuzish (mehnat shartnomasini ham); − korxona va firma pul mablag‘larini tasarruf qilish, xarajatlarni qoplash va resurslar xarid qilish uchun foydalanish; − korxona nomidan iqtisodiy huquqiy va ma’muriy faoliyatni olib borish; − korxona, firmani boshqarish va boshqalar. Tadbirkorlikni yuritishdagi asosiy majburiyatlar qo‘yidagilardir: − ishni tashkil etish va boshqarish hamda korxonada, bo‘limlar ichidagi samarali aloqalarni tashkil etish; − joriy va strategik reja topshiriqlarning bajarilishini tashkil etish; − korxonaning to‘lov qobiliyati va likvidligini ta’minlash; − korxonani moliya-xo‘jalik faoliyati hisobotlarini tuzib chiqish va uni tegishli tashkilotlarga taqdim etish; 253 − korxona faoliyatini qonun doirasida yuritish; − tijorat sirlarini saqlash va korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqalarga bermaslik; − moliya, soliq va bank organlariga buxgalteriya, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish; − O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi asosida soliq majburiyatlarni bajarib borish; − boshqa majburiyatlarni, korxona nizomidagi bandlarni to‘la bajarish hamda bitim va shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarib borish. Tadbirkor o‘zining vazifalarini bajarish jarayonida korxona faoliyatiga qasddan moddiy zarar etkazgan taqdirda, belgilangan tartibda keltirilgan zararni qoplashi lozim. Biznes va tadbirkorlikning, turli mulkka asoslangan korxonalarning taraqqiyoti va ulardagi moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish o‘zaro bog‘liq muammolardandir. Iqtisodiyotning turli mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan keng foydalanishga o‘tishi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning taraqqiyoti bilan moliya munosabatlari ham bozor talablari asosida rivojlanishi uchun muhim turtki bo‘ldi. Shu bilan birga, moliya munosabatlari korxonalar taraqqiyotini rag‘batlantirishning muhim dastaklariga egadir. Bu narsa shu bilan bog‘liqki, korxonalarda mukammal taqsimot tizimining yaratilishi natijasida markazlashgan va rezerv fondlarining tashkil etilishi orqali kengaytirilgan takror ishlab chiqarish imkoniyatlarining yanada mustahkamlanishiga erishish hamda turli soliq imtiyozlarining qo‘llanilishi asosida korxonalar kelgusi taraqqiyoti uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling