Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. Korxonalar moliyaviy resurslari tarkibi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
12.6-rasm. Korxonalar moliyaviy resurslari tarkibi 113 113 Nurmuxamedova B. Kabirova N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. T.: IQTISOD-MOLIYA. 2017. – 195-bet. Korxonalar moliyaviy resurslari O‘z mablag‘lari va unga teng- lashtirilgan mablag‘lar Qayta taqsimlash asosida korxonaga tushuvchi pul mablag‘lari Moliya bozori- dan jalb qilingan mablag‘lar 256 Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning saqlanishi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish muammosi mulk egalari manfaatlari himoya etilishini ta’minlash bilan bog‘liq. Shu nuqtayi-nazardan moliyaviy resurslarni tashkil etish korxonada moliyaviy menejmentning bosh masalalaridan biridir. Bozor munosabatlarining taraqqiyoti sharoitida korxonalarning samarali faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi moliyaviy resurslarsiz erishib bo‘lmaydi. Korxonalarda moliyaviy resurslarning yetarliligi – uning hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi garovi hamda xaridorlar oldida majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning va kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash kafolatidir. Darhaqiqat, moliyaviy resurslarning tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari (pul mablag‘lari fondlari) singari, korxona moliyaviy resurslari o‘sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga ega. Biroq pul mablag‘lari fondlari – korxona moliyaviy resurslarini ishlatishning yagona yo‘nalishi emas. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy resurslar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil qilinmasdan ham ishlatilishi mumkin. Mahsulot yuklab jo‘natish bo‘yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy resurslarning muhim manbayi bo‘lgan foydaga ega bo‘lishlari mumkin, biroq bu hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini kafolatlamaydi. Shunga alohida e’tibor berish lozimki, rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamla- katlarida “pul mablag‘lari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi va bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hamda qimmatli qog‘ozlarda ifodala- nuvchi qisqa muddatli yuqori likvid sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushu- niladi. Albatta, moliya bozorining rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz iqtisodiyotida ham qimmatli qog‘ozlarning qisqa muddatli va yuqori likvid turlari o‘z o‘rnini egallaydi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi korxonalar moli- 257 yaviy resurslarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Biroq asosiy muammo korxonalarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faol ishtirokini ta’minlashdadir. Moliyaviy resurslarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sischilari tomoni- dan uning ustav kapitali tashkil etilayotgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Korxona ustav kapitalining tashkil topish manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakl- lariga ko‘ra quyidagilar kiradi: – shaxsiy (oilaviy) jamg‘armalar (xususiy korxona uchun); – aksiyadorlik kapitali; – shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari; – jismoniy shaxslarning shaxsiy mablag‘lari. Korxonaning ustav kapitali korxona boshlang‘ich aktivlarining (asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar) shakllanishiga qanday mablag‘lar ishlatilishini va ishlab chiqarishga sarmoyalar jalb qilinishini ko‘rsatadi. Moliyaviy resurslarning asosiy qismi, ayniqsa, yangi tashkil etilayotgan korxonada moliya bozoridan jalb qilinishi mumkin. Moliya bozoridan mablag‘larni jalb qilish shakllariga korxona chiqargan aksiyalar, obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlarini sotish kiradi. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonada moliyaviy resurslar takror ishlab chiqarish jarayonida tashkil topadi, ularning shakllanish manbayi – mahsulot sotishdan kelgan tushum yoki tushumni taqsimlash jarayonida pul daromadlari va jamg‘armalari shaklini oladigan sotishdan olingan daromad hisoblanadi. Shuningdek, ishlab turgan korxonalarda moliyaviy resurslar asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan foyda hisobiga hamda amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadi. Amortizatsiyaning ahamiyati korxona asosiy fondlarini oddiy takror ishlab chiqarish bilangina cheklanib qolmaydi. Hisoblangan va korxona hisobiga olingan amortizatsiya eskirgan asosiy fondlar almashtirilgunga qadar korxonaning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘i hisoblanadi va moliyaviy resurslarning qo‘shimcha manbayini tashkil etadi. Lekin hozirgi zamon xo‘jalik amaliyoti amortizatsiya 258 fondini asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishning maqsadli manbai deb emas, balki harakatchan moliyaviy resurslar elementi sifatida talqin etmoqda. Bundan tashqari korxonalardagi moliyaviy resurslar manbalariga quyidagilar kiradi: – hisobdan chiqarilgan mulkni sotishdan kelgan tushum; – barqaror passivlar (barqaror qarz); – turli maqsadli tushumlar (masalan, korxona balansidagi uy-joy va kommunal xo‘jaligidan tushgan mablag‘lar, ota-onalardan maktabgacha bolalar muassasalarini saqlash uchun to‘lovlar); – qurilishdagi ichki resurslarni jalb etish; – boshqa manbalar. Moliyaviy resurslarning ishlatilishi qator yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi, ularning asosiylari quyidagilar: – moliya-bank tizimiga to‘lovlar (soliq va to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, kreditning qaytarilishi, sug‘urta to‘lovlari); – korxona o‘z mablag‘larining ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik qayta qurollantirish bilan bog‘liq kapital xarajatlarga investitsiya qilinishi; – mablag‘larning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilinishi; – moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi fondlarning tashkil etilishi; – xayr-ehson maqsadlarda ishlatish va boshqalar. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining moddiy-texnik asosini asosiy ishlab chiqarish fondlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy fondlarning dastlabki shakllanishi, faoliyat qilishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishi bevosita moliyaning ishtirokida amalga oshiriladi. Dastlab tashkil etilayotgan korxonalarda asosiy fondlarning dastlabki shakllanishi korxona ustav kapitalining bir qismi – asosiy kapital hisobidan amalga oshiriladi. Asosiy kapital – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlaridagi asosiy fondlarga investitsiyalangan pul mablag‘lari. 259 Quyidagi rasmda korxonalarda asosiy fondlar qiymatining doiraviy aylanishi aks ettirilgan bo‘lib (12.7-rasmga qarang), asosiy fondlarning to‘liq tiklanishida moliyaning o‘rnini ilg‘ab olish qiyin emas. Asosiy kapital ilk bor korxona ishga tushgan paytida miqdor jihatdan asosiy fondlar qiymatiga teng bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi va ularning qiymati ikkiga ajraladi. Asosiy fondlar qiymatining bir qismi eskirish summasi sifatida mahsulot tannarxiga qo‘shiladi va uning sotilishi bilan tushumdan amortizatsiya ajratmalari sifatida amortizatsiya fondiga kelib tushadi, qolgan qismi asosiy fondlarning qoldiq qiymati shaklida hisobga olinadi. Amortizatsiya fondida to‘plangan mablag‘lar asosiy fondlar qiymatining oddiy takror ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Shu tariqa asosiy fondlarga avanslangan qiymatning doiraviy aylanishi sodir bo‘ladi. Amortizatsiya fondining miqdori har yili asosiy fondlarning balans qiymatini amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Iqtisodiy jihatdan asoslangan amortizatsiya me’yorlari katta iqtisodiy ahamiyatga ega, bir tomondan, ular ekspluatatsiyadan chiqayotgan asosiy fondlar qiymatining to‘liq qoplanishini ta’minlasa, ikkinchidan, mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblash imkonini beradi, chunki amortizatsiya ajratmalari tannarxning asosiy tarkibiy elementi hisoblanadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling