Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Davlat korxonalari – mulki to‘liq yoki qisman davlatga qarashli bo‘lgan 
mustaqil xo‘jalik-moliyaviy faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar. Davlat 
mulkiga asoslangan korxona va tashkilotlarning quyidagi shakllari mavjud: budjet 
tashkilotlari; ulushida davlatning ishtiroki bo‘lgan aralash mulkka asoslangan 
korxonalar, to‘liq davlat unitar korxonalari. 
Aksiyadorlik jamiyati – ko‘rsatilgan nominal qiymatiga teng aksiyalarning 
muayyan miqdoriga bo‘lingan ustav fondiga ega bo‘lgan hamda majburiyatlari 
bo‘yicha faqat o‘z mol-mulki bilan javobgar bo‘ladigan jamiyatdir. Aksiyadorlik 
jamiyati ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin. 
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlarning 
roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq 
aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochiq turdagi jamiyat o‘zi chiqarayotgan 
aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga 
olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Ochiq turdagi jamiyat o‘zi 
chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna o‘tkazishga haqli, jamiyat ustavida va 
qonun hujjatlarida yopiq obunani o‘tkazish imkoniyati cheklab qo‘yilgan hollar 
bundan mustasno. Ochiq turdagi jamiyat aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi. 
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi 
shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati 


247 
deb hisoblanadi. Bunday jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna 
o‘tkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun 
boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. 
Yopiq turdagi jamiyat 
aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo‘lishi mumkin emas. Belgilangan 
chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori 
aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar 
reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik 
jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim. 
Yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari 
sotayotgan aksiyalarni o‘zga shaxsga taklif etilayotgan narxda sotib olishda 
imtiyozli huquqqa ega bo‘ladilar. Agar akdiyadorlar aksiyalarni sotib olishda o‘z 
imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan 
sotiladigan aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo‘lishi uning 
ustavida ko‘zda tutilishi mumkin.
2008-yilda O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam 
miqdori – jamiyat davlat tomonidan ro‘yxatga olingan sanada Markaziy Bank kursi 
bo‘yicha ekvivalenti kamida 400 ming AQSH dollariga teng summa tasdiqlangan 
(2008-yil 
18-noyabrdagiPF-4053-son 
Farmonga 
asosan). 
Ushbu 
qiymat 
keyinchalik “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririda mustahkamlangan. 
Biroq Prezidentning 2017-yil 2-sentyabrdagiPF-5177-son Farmoni bilan 
belgilanishicha, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat 
milliy valyutada belgilanadi. Shu sababli ustav fondining eng kam qiymati o‘sha 
paytda amal qilgan kurs bo‘yicha so‘mga qayta hisoblanib, qonunga o‘zgartirishlar 
kiritmagan holda 1600 mln. so‘m darajasida qayd etildi. Ushbu raqam 
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi yangi 
nizomda aks ettirildi va amalda qo‘llaniladigan bo‘ldi. 
Endi esa aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdorini 400 mln. 
so‘m miqdorigacha, ya’ni 4 baravar kamaytirishga qaror qilindi. Bu vaziyatda 
“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 


248 
to‘g‘risida”gi Qonunga tuzatishlar kiritilishi zarur edi. Shu sababli Davlat raqobat 
qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Adliya 
vazirligiga 2018-yil 15-sentyabrgacha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish 
vazifasi topshirildi
108
.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling