Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Manba: http: // www.worldbank.org


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
129
Manba: http: // www.worldbank.org. 
130
Birlashgan Millatlar TashkilotiningO‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi materiallari.Manba: http: // 
www.undp.uz. 


302 
tilsa, ikkinchi tomondan, odamlar bu bilimlarni qanchalik ko‘p iste’mol qilsalar, 
shunchalik ko‘p mahsulot hajmi ortadi. Ya’ni bilimlarni pirovard iste’molchilarga 
yetkazadigan olimlarning ham, uni iste’mol qiladigan odamlarning ham ishi 
muhimdir”
131

14.1-rasm. Jahonbankiekspertlarifikricha, 
bilimlargaasoslanganiqtisodiyotningtarkibiyqismlari
132
 
Bilimga asoslangan iqtisodiyot infratuzilmasiga iqtisodiy o‘sishni ta’minlay-
digan quyidagi omillar kiradi: 
− yuksak turmush sifatini amalga oshiradigan samarali davlat institutlari; 
− yuqori sifatli ta’lim, samarali ilm-fan; 
− samarali ilmiy-texnikaviy venchur biznesi; 
yuqori sifatli inson kapitali
− bilimlar va yuqori texnologiyalarning yaratilishi; 
− axborot jamiyati yoki bilimlar jamiyati. 
Hozirgi vaqtda faqat AQSH hamda Yevropa Ittifoqiga a’zo ayrim 
davlatlarning iqtisodiyotini “bilimga asoslangan iqtisodiyot” deb atash mumkin. 
Jahonning ushbu taraqqiy etgan davlatlari olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy 
g‘oyalarni tovarlar va mahsulotlarga tez va samarali aylantirish uchun eng maqbul 
shart-sharoitlarni yaratdilar. Bevosita ilmiy tadqiqotlar, inson kapitaliga 
 
131
Макаров В.Л. Экономика знаний: уроки для России // Вестник Российской академии наук, 2013, №5.- 
С.73. 
132
Abdurahmonov Q.X. Inson taraqqiyoti. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2013. – B.497. 
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot 
Ta’lim 
Innovatsion 
infratuzilma 
Institutsional 
tartib 
Bilimlarni yaratish
taqsimlash va 
ulardan foydala-
nishga qodir bo‘lgan 
bilimli va kasbiy 
tayyorgarlikka ega 
aholining mavjudligi 
Axborot almashish, 
tarqatish va qayta 
ishlashni ta’minlay-
digan resurslar 
(ommaviy axborot 
vositalari, Internet va 
boshqalar) 
Bilimlar erkin harakatla-
nishi, axborot-kommuni-
katsiya texnologiyalarini 
joriy qilish va tadbirkor-
likni rivojlantirishga 
ko‘maklashadigan 
umumiqtisodiy muhit 


303 
investitsiyalarning ortishi va buning natijasida eng yangi texnologiyalarning 
o‘zlashtirilishi jahonning yetakchi mamlakatlariga iqtisodiy o‘sishning yuqori 
sur’atlarini ta’minlash imkoniyatini bermoqda. 
Mehnatni bilimlar bilan almashtirish bilan bog‘liq tub o‘zgarishlarning 
mohiyati shundan iboratki, bilimlar resurslarni qayta ishlashga jalb qilinar ekan, 
mehnat emas, balki bevosita bilimlar qiymat manbai sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mohiyat jihatidan “qiymatning mehnat nazariyasi” “bilimlar tomonidan 
yaratiladigan qiymat” nazariyasi bilan almashtirilmoqda.
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot – bilimlardan o‘zining o‘sishi va raqobat-
bardoshligini ta’minlash uchun foydalanayotgan iqtisodiyotdir. Bunday iqtiso-
diyotda bilimlar iqtisodiyot barcha tarmoqlarini, iqtisodiy jarayonlarning barcha 
qatnashchilarini boyitib boradi. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy 
(tannarxning arzonlashishi, strategik raqobat ustunligi), balki ulkan ijtimoiy 
ahamiyatga ega, u turmush sifatini yaxshilash prinsiplariga asoslangan (14.2-
rasm).

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling