Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Ijtimoiy ta’minot xarajatlarini davlat byudjetidan mablag‘ bilan


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

16.4. Ijtimoiy ta’minot xarajatlarini davlat byudjetidan mablag‘ bilan 
ta’minlash 
Ijtimoiy ta’minotga ehtiyoj jamiyat paydo bo‘lishi bilan tug‘ildi. Har qanday 
jamiyatda – uning iqtisodiy va siyosiy tuzilishidan qat’i nazar – o‘zlariga bog‘liq 
bo‘lmagan vaziyatlar sababli tirikchilik kechirish uchun mablag‘ topishga qodir 
bo‘lmagan aholi toifalari bo‘ladi. Ularga, eng avvalo, bolalar va keksa kishilar
nogironlar, yetimlar, yolg‘iz fuqarolar kiradi. Bundan tashqari, ijtimoiy yordamga 
muhtojlar safini vaqtincha yoki bir umr mehnatga layoqatsizligini yo‘qotgan 
odamlar to‘ldirishi mumkin. Jamiyat rivojlanishi va ijtimoiy aloqalar murakkab-
lashishi bilan ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar qatoriga iqtisodiy 
sabablar oqibatidagi ishsizlar, kambag‘allar, shuningdek, inflyatsiyaning yuqori 
sur’atlaridan moddiy ahvollari og‘irlashganlar kiradi. Bunday toifadagi fuqarolarni 
ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash jamiyat miqyosida muayyan moliyaviy resurs-
larni jamlash va ijtimoiy ta’minot maqsadlariga safarbar qilishni talab etadi. Bu 
maqsadlardagi moliyaviy resurslar bir qancha manbalardan moliyalashtirilishini 
oldingi bobda ta’kidlagan edik. Quyida keltirilgan jadvalda O‘zbekiston Respubli-
kasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro‘yxatga olingan 
“O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga 
muvofiq, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy ta’minlash bilan bog‘liq 
xarajatlari tarkibiga qanday xarajatlar kiritilganligi va ularni mablag‘ bilan ta’min-
lash manbalari keltirilgan (16.1-jadval). 
16-jadvalda byudjet tasnifining “Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi” 
bo‘yicha xarajatlarning guruhlanishini va ularni mablag‘ bilan ta’minlash 
manbalarini ko‘rib o‘tdik va shuning guvohi bo‘ldikki, ijtimoiy ta’minot turlariga 


365 
kiruvchi bir qator xizmatlar: ijtimoiy nafaqalar, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni saqlash bo‘yicha xarajatlar bir necha 
manbalardan amalga oshirilar ekan. Bular: davlat byudjeti (respublika va mahalliy 
byudjetlar), Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari, Byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa nobyudjet va nodavlat 
manbalar. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling