Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
13
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, O‘R QHT, 2017 y., 6-son, 70-modda 
14
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh.  


76 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi, ular 
quyidagilardan iborat: 
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangila-
nishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Xususan, 
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan yo‘nalish 
yaqin va o‘rta istiqbolda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi: 
− makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini saqlab qolish,
− milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish,
− qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish,
− iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va 
tarkibiy islohotlarni davom ettirish,
− xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada 
kuchaytirish,
− kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish,
− hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiy ettirish,
− investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish. 
Yuqorida sanab o‘tilgan ustuvorliklarni bajarish byudjet-soliq siyosatida 
ham muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirish zarurligini nazarda tutadi. Bugungi 
kunda mamlakatimizda byudjet sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida 
aholi turmushfarovonligini yuksaltirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kichik 


77 
biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojiga keng imkoniyat yaratish 
maqsadlari mujassamlashgan. Xususan, iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamay-
tirish, soliq solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq ma’murchiligini tako-
millashtirish borasidagi chora-tadbirlar ana shu maqsad ro‘yobiga qaratilgan. 
Ma’lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, davlat 
byudjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida har yili Byudjet-soliq siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari qabul qilinadi. Yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan soliq va 
byudjet siyosati pirovardida aholining turmush farovonligini oshirishga 
yo‘naltirilgan. Xususan, 
2018-yilga mo‘ljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy to‘lovlar 
miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va 
ularning mustaqilligini oshirish, mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda 
byudjetga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash belgilangan.
Soliq siyosatida 
amalga kiritilgan o‘
zgarishlar soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga 
har tomonlama ko‘maklashishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining 
ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishga va soliq to‘lovchilarning huquqiy 
madaniyatini oshirishga, soliq nazoratiga oid zamonaviy uslublarni joriy etishga, 
soliqqa tortish borasida muammoli masalalarning kamayishiga, byudjetga soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq hajmda 
tushishi ta’minlanishiga xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida byudjet tizimini qayta 
ko‘rib chiqish, byudjet daromadlari va xarajatlarining xalqimiz uchun ochiq-
oshkora bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan edi. Zero, davlat va jamiyat 
boshqaruvidagi ochiqlik, mamlakat byudjetining taqsimlanishi va sarflanishidagi 
shaffoflik chinakam xalq hokimiyatini qaror toptirish va fuqarolik jamiyatiga 
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning muhim shartidir. Ushbu holatlar 
mamlakatimizda yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan byudjet-soliq siyosatining 
asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda inobatga olingan. 


78 
Xulosa qilib aytganda, byudjet-soliq sohasida bo‘layotgan yangiliklar
byudjet-soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar mamlakatimizda ishlab chiqarish, 
kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini 
ta’minlash, aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu 
maqsadlarga xizmat qiladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling