Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

7.1-rasm. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi 
 
Vakillik hokimiyati organlari  
  
Oliy vakillik hokimiyati organi:  
O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi  
  
Mahalliy hokimiyat vakillik 
organlari: 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Jo’qorg’i 
Kengesi 
viloyatlar, Toshkent shahar, 
tumanlar va shaharlar 
depulatlar Kengashlari
  
Ijroiya hokimiyatining markaziy organlari: 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi
Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi
O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki
O’zbekiston Respublikasi Soliq 
Qo’mitasi
O’zbekiston Respublikasi Bojxona 
Qo’mitasi
Ijroiya hokimiyati organlari  
  
Ijroiya hokimiyatining mahalliy organlari:  
Viloyatlar, Toshkent shahar, tuman 
va shaharlar hokimliklari;
Markaziy ijroiya organlarining 
hududiy va mahalliy bo’linmalari
  
Byudjet tizimini boshqarish organlari  
  


82 
Byudjet tizimini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari 
O‘zbekiston RespublikasiByudjet Kodeksi, tegishli organlarning nizomlari va 
boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi 
 
7.2. Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat moliyasini 
boshqarish sohasidagi vakolatlari 
O‘zbekiston RespublikasiByudjet Kodeksida quyidagi davlat hokimiyati 
organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining byudjet tizimini boshqarish 
sohasidagi vakolatlari tegishli moddalarda belgilab berilgan: 
− O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet sohasidagi 
vakolatlari;
− O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining byudjet sohasidagi vakolatlari;
− Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining byudjet 
sohasidagi vakolatlari;
− Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent 
shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining byudjet sohasidagi vakolatlari;
− O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet sohasidagi vakolatlari;
− Hududiy moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari;
− Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet sohasidagi vakolatlari;
− Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning byudjet 
sohasidagi vakolatlari;
− Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarning byudjet sohasidagi 
vakolatlari. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining byudjet 
sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat: 


83 
− Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, 
tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va 
qabul qiladi; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining 
taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi; 
− mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun 
hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling