Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
huquqiy kategoriya sifatida markaziy hukumat va tegishli mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondi davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotni, uning faol qismi bo‘lgan milliy daromadni (qisman milliy boylikni) qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi iqtisodiy kategoriya sifatida Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 93 hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili 23 uchun tuziladi, ko‘rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 3-moddasida esa “davlat byudjeti” iborasi “davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi” 24 deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rif davlat byudjetining yuqorida sharhlangan moddiy tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyatiga mos keladi. “Public budgeting systems” nomli qo‘llanmada “davlat byudjeti nima?” deb qo‘yilgan savolga “Sodda qilib ta’riflaganda, byudjet - bu tashkilotning (masalan, oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalarini, ya’ni daromadlar, xarajatlar rejasi, maqsadlar va natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjat yoki hujjatlar yig‘indisi” 25 , deb ta’rif berilgan. Retrospektiv xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni o‘tgan davr ma’lumotlarini aks ettirishga asoslangan buxgalteriya hisobotidan farqli o‘laroq, (garchi byudjet ishlab chiqilayotganda byudjetning o‘tgan davrdagi daromadlari va xarajatlari ijrosining buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanilsada) byudjet – kelgusida kutilayotgan daromadlar, xarajatlar va natijalarni ko‘rsatuvchi perspektiv hujjat hisoblanadi. Tarixan, byudjet so‘zi charm karmon, hamyon, sumka ma’nosini anglatgan. Xususan, “Britaniya davlatida Xazina kansleri (Moliya vaziri) hukumatning ehtiyojlari va resurslari hajmi aks etgan bayonotini mamlakat parlamentiga charm sumkada taqdim etgan va bu hujjat keyinchalik byudjet nomini olgan” 26 . Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling