Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Konfederatsiya–davlatlarning 
ittifoqi 
bo’lib, 
xalqaro-huquqiy xarakterga ega. Konfederatsiya yangi 
davlatning vujudga kelishiga olib kelmaydi. Jahon 
tarixida konfederatsiyalar vujudga kelib, ulardan 
federativ davlatlar ajralib chiqqanligi bilan bog’liq 
voqealar uchrab turadi. Ayrim davlatlar amalda 
federativ davlatlar bo’lsada (Shveytsariya, Kanada), o’z 
nomlarida 
konfederatsiya 
qo’shimchasini 
saqlab 
qolganlar. Yaqin o’tmishga qaraydigan bo’lsak, ayrim 
konfederatsiyalar 
tashkil 
etilib, 
uzoqqa 
cho’zilmaganligiga 
guvoh 
bo’lamiz 
(masalan, 
Senegambiya - Senegal va Gambiyaning 1981-1988-
yildagi ittifoqi). 


99 
byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy 
asoslarini, byudjet tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‘larini 
shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
Byudjet tuzilishining asosini mamlakatning davlat tuzilishi shakli, amaldagi 
qonun hujjatlari, davlat byudjetining iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi o‘rni 
belgilab beradi.
Unitar davlatlarda odatda, ikki pog‘onali byudjet tizimi amal qiladi: 
− davlat byudjeti (bu bo‘g‘in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi
masalan, davlat byudjeti, markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti 
kabi); 
− mahalliy (munitsipal) byudjetlar.
Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog‘onali byudjet tizimi 
shakllanganbo‘lib, quyidagibo‘g‘inlarnio‘zichigaoladi:
− federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat 
byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet); 
− federatsiya subyekt(a’zo)larining byudjetlari; 
− mahalliy (munitsipal) byudjetlar. 
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir qancha 
byudjet tuzilishi modellari shakllangan: 
− markazlashmagan (nomarkazlashgan) model; 
− markazlashgan model; 
− aralash model. 
Byudjet qurilishining markazlashmagan (nomarkazlashgan) modelida 
markaziy va mahalliy byudjetlar avtonom (mustaqil) bo‘lib, ularning har biri o‘z 
xarajatlarini to‘liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo‘ladi. 
Markazlashgan model barcha darajadagi byudjetlarni yagona davlat 
byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy byudjet barcha mahalliy 
byudjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchilik vazifasini bajaradi. 


100 
Byudjet qurilishining aralash modeli barcha darajadagi byudjetlarni yagona 
davlat byudjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir mahalliy 
byudjetning o‘z xarajatlarini qoplashga mo‘ljallangan o‘z daromad manbalari 
mavjud bo‘lgani holda, har bir yuqori turuvchi byudjet o‘zidan quyi turuvchi 
byudjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini o‘taydi. 
Byudjet tuzilishining har qanday modeli byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni tashkil etish shakli sifatida, quyidagi uchta holatning mavjudligiga 
asoslanadi: birinchidan, hokimiyatning barcha darajalarida xarajat vakolatlarining 
aniq chegaralanishi; ikkinchidan, bu vakolatlarni to‘liq bajarish uchun har bir 
darajadagi hokimiyatning yetarli fiskal resurslar bilan ta’minlangan bo‘lishi; 
uchinchidan, byudjet tizimidagi vertikal va gorizontal nomutanosiblikni byudjet 
transfertlari yordamida tekislash va shu asosda mamlakatning barcha hududlarida 
davlat xizmatlarining bir xildagi standartini ta’minlash.
Lekin jahon tajribasi shuni ko‘rsa-
tadiki, hech bir mamlakatda fiskal 
federalizmning eng mukammal modelini 
yaratishga muvaffaq bo‘linmagan. Mam-
lakatlardagi siyosiy, tarixiy va milliy 
omillarning ta’sirida dunyoda turlicha byudjet tizimlari shakllangan bo‘lib, ular bir-
biridan jiddiy farq qilish bilan birga, ko‘p hollarda nazariy jihatdan eng oqilona 
hisoblangan modellarga ham zid keladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling