Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

rejalashtirish prinsipiga ko‘ra,byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet 
tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinadi, 
xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi. 
5. Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq 
yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipibyudjet tizimi byudjetlarining 
mablag‘lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘larini oluvchilarga 
ushbu mablag‘lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish 
uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan, yoki byudjet 
tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko‘zda 
tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
6. Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipihar bir byudjet o‘z 
daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo‘nalishlarini belgilashda mahalliy 
hukumat organlari ma’lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy 
byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko‘rib chiqish va 


103 
tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo‘yilganligi bilan 
izohlanadi. 
7. Byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi 
prinsipibyudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro 
etishda o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida o‘z byudjetlarining belgilangan 
hajmdagi mablag‘laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish 
zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip “natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish” 
talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo‘lib, byudjet 
xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka 
yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi. 
8. Kassaning yagonaligi prinsipibyudjet tizimi byudjetlarining barcha 
daromadlari Moliya vazirligi G‘aznachiligining Yagona g‘azna hisobvarag‘iga 
kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to‘lash ushbu hisobvaraqdan amalga 
oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu prinsipning amal qilishi davlat byudjeti 
mablag‘larining hajmi va harakati to‘g‘risida tezkor axborotlarga ega bo‘lish, 
byudjet mablag‘larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning 
oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini 
beradi. 
9. Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipibyudjet 
jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o‘z 
harakatlari uchun javobgar bo‘lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining 
shakllanishida jamiyatning ko‘pchilik a’zolari – yuridik va jismoniy shaxslar 
bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag‘lari evaziga 
shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun 
javobgarlik iqtisodiy, ma’muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan 
tartibga solinadi. 
10. Ochiqlik prinsipidavlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarini ko‘rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va 


104 
ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini,tasdiqlangan davlat byudjeti 
to‘g‘risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop 
etilishini), byudjet ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot 
vositalarida chop etilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida 
joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi. 
Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va 
ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – 
so‘mda amalga oshiriladi. 
Barcha darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi– daromadlar va 
xarajatlarni tasnif obyektlariga ko‘ra guruhlovchi xos raqam(kod)lar berish bilan 
guruhlash ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi. Byudjet tasnifi – 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari 
tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning 
taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishidan iborat. 
Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda 
ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va 
byudjet ma’lumotlarini xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari 
bilan qiyoslash imkonini beradi. 
Byudjet tasnifi:
− davlat byudjeti daromadlari;
− davlat byudjeti xarajatlari;
− davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga 
oladi. 
Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining yuqorida ta’riflangan davlat byudjeti 
tuzilmasi 
O‘zbekiston Respublikasirespublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
byudjeti, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
mahalliy 


105 
byudjetlaridantashkil topgan. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti 
amal qilishining tashkiliy shakli bo‘lib xizmat qiladi.
Respublika byudjeti byudjet tizimining markaziy bo‘g‘ini hisoblanadi. 
Respublika byudjeti Byudjet Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda shakllantiriladi va ishlatiladi. Respublika byudjeti davlat byudjetining 
umumdavlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi 
bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, 
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘na-
lishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barcha daromadlari tarkibida 
Respublika byudjeti daromadlari o‘rtacha 52-58 foizni tashkil qiladi, davlat 
byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 44-46 foizi respublika byudjeti 
hisobiga to‘g‘ri keladi
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat 
byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning 
tarkibiga, o‘z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq 
ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlari kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga 
muvofiq, mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi 
byudjetlar kiradi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va 
shaharlarining byudjetlari kiradi; 
viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli 
viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi; 
Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar 
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi. 


106 
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan 
xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling