Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Davlat byudjetining daromadlari tizimi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

8.3. Davlat byudjetining daromadlari tizimi 
 
Ma’lumki, davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va 
uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda ishtirok 
etadi.
Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida byudjet daromadlari 
shakllanadi. Byudjet daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining 
bir qismi bo‘lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mab-
lag‘lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliya-
 
34
А.Вахобов, Х.Жамолов. Согласование межбюджетных отношений. «Молия». Т.; 2002г. 


110 
viy) munosabatlarni o‘zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining 
ixtiyoriga kelib tushadi. 
Davlat byudjeti daromadlari – davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassa-
salar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasi-
dan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi.
Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar 
davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lma-
sa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy 
boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan, hozirgi va 
o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar 
majmui nazarda tutiladi.
Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga 
o‘tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul 
emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsim-
lash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan usullarning 
asosiylari bo‘lib hisoblanadi. Bu usullar o‘rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar 
bo‘yicha turlicha bo‘lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va 
boshqa qarama-qarshiliklarning o‘tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va 
moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi. 
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi. 
Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Turli mam-
lakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60-95 
foizni tashkil etadi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undiri-
lishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi: 
- soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy 
boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi; 
- soliqlar ularni to‘lovchilar o‘rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi; 


111 
- soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmasligi; 
- soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 
- davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‘lishi; 
- soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi. 
Davlat byudjeti daromadlarining amal qilish mexanizmi haqida so‘z borar 
ekan, avvalo byudjet daromadlarining nazariy asoslariga to‘xtalish maqsadga 
muvofiqdir. Ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda “davlat 
byudjeti daromadlarining asosiy bosh manbai soliqlardir”, degan bizning nazari-
mizda birmuncha noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat 
byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo‘lib mamlakat yalpi milliy mahsuloti va 
milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‘larni jalb 
qilish quroli esa soliqlardir.
Soliqlar majburiy pullik to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, 
bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z 
mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o‘rtasida sodir bo‘ladi. Korxona va 
tashkilotlar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli 
xizmatlarni ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda 
ham pul to‘lovlarini amalga oshiradi. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham 
soliq munosabati bo‘la olmaydi. Soliq munosabatida davlat mamlakatda yaratilgan 
yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash yo‘li bilan majburan 
davlat byudjetiga mablag‘ to‘plash jarayonini amalga oshiradi. 
Soliqlar davlat byudjetiga, davlatning boshqa maqsadli jamg‘armalariga 
kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bo‘lgan pul munosabatlaridir. Shuning-
dek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabat-
lari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti 
erkin iqtisodiyotdir, ya’ni har bir yuridik shaxs, tadbirkor o‘z tovariga erkin baho 
belgilashi, mahsulot yetkazib beruvchini ixtiyoriy tanlashi va iste’molchini o‘zi 
topib, unga mahsulotini sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ular daromad-


112 
larining bir qismini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq 
shaklida daromadlarni undirish uchun qonun chiqaruvchi organning qarori zarur
ya’ni qonuniy asosda undirilgan to‘lov byudjetga o‘tadi. Erkin iqtisodiyot sharoiti-
da soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo‘ladi, demokratik to‘lovga aylanadi. 
Soliqlar iqtisodiy kategoriya hisoblanadi, soliq munosabatlarini tashkil etish-
da soliq to‘lovchilar va davlat o‘rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlar-
ning iqtisodiy manfaatlarini albatta e’tiborga olish zarur. Davlat soliq to‘lovchilar 
daromadini istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga undirishning ma’lum 
chegarasi mavjud. Bu chegarani davlat, soliq to‘lovchilarning mahsulot ishlab 
chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib belgilaydi. Ikkinchi tomondan, 
soliqlardan makrodarajada iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini 
yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar 
to‘plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq to‘lovchilar bilan davlat 
o‘rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling