Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1. Davlat moliyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishini tushuntirib 
bering. 
2. Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimida qanday o‘rin egallaydi, uning 
boshqa bo‘g‘inlari bilan qanday munosabatlarga kirishadi? 
 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
 
1. Turli 
iqtisodiy maktab vakillari tomonidan “Davlat moliyasi” 
tushunchasiga berilgan ta’riflarni aniqlang, ularning davlat moliyasining 
shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlarini solishtiring. 
2. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 
davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash nisbatlarini xarakterlovchi ma’lumotlarni 
to‘plang, solishtiring va taqsimlash nisbatlarining turlicha bo‘lish sabablarini 
tushuntirib bering.


11 
2-BOB. DAVLAT MOLIYASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 
 
2.1. Davlat moliyasining mohiyati va ahamiyati 
Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish 
va ulardan o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish maqsadida turli yo‘nalishlarda 
foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidir. Bu munosabatlarning turli-
tumanligi asosida davlat moliyasining bir qator aniq tashkiliy shakllari shakllanadi. 
Bular: 
− davlat byudjeti; 
− davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari; 
− davlat krediti; 
− davlat korxonalari moliyasi. 
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi 
davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan 
ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat 
boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash 
asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir. 
Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining subyektlari 
bo‘lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona 
va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar. 
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida 
alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos 
funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat 
byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari, davlat 
krediti,davlat korxonalari moliyasi (2.1-rasm). Har bir bo‘g‘inning turlicha 


12 
funksional tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling